«Real» hujumchisi Kilian Mbappega La Liganing 4-turida «Betis»ga qarshi safar uchrashuvida penaltini qayta tepishga ruxsat berilmadi. Madridliklar bahsda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
90+4-daqiqada fransiyalik futbolchining penaltidan yo‘llagan zarbasini sevilyaliklar darvozaboni Alvaro Valyes qaytardi.
Mbappe qaytgan to‘pni darvozaga kiritishga urindi, biroq «Betis» himoyachisi Mark Bartra bunga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, Bartra «Real» hujumchisi zarba berishidan oldin jarima maydoni ichiga kirib ketgan edi.
Shunga qaramay, bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandes VAR bilan maslahatlashganidan so‘ng qoidabuzarlik qayd etmadi va penalti qayta tepilmadi.


Ushbu natijadan so‘ng «Real» 9 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda qoldi. «Betis» ham 9 ochko to‘plab, 3-pog‘onaga ko‘tarildi.













