Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Mourinyu «Real»ga qaytganidan keyin mavsumdagi ilk mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Mourinyu «Real»ga qaytganidan keyin mavsumdagi ilk mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -1

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya La Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 4-turida «Betis»ga (0:1) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, jamoa kuchli o‘yin o‘tkazdi. Ba’zida mag‘lub bo‘lasan va buning sababini tushunmaysan… Bunga qanday izoh berishni bilmaysan. Biz katta ustunlikka ega bo‘ldik, markaziy himoyachilar ajoyib harakat qilishdi, ular maydondagi barcha jarayonni nazorat qilishdi. Hujumda ko‘plab kombinasiyalar va golli vaziyatlar yaratdik.

Agar uchrashuv durang bilan yakunlanganida ham xafa bo‘lardik, chunki biz ko‘proq ish qildik. Mag‘lubiyatdan keyingi holatimizni tasavvur qiling.

Karlos Espi fantastik zarba berdi. Balki u yerda ofsayd bo‘lgandir, balki yo‘qdir, ammo u o‘z vazifasini bajardi. Uning salohiyati juda katta va u rivojlanishda davom etadi, chunki u kamtar, mehnatsevar va o‘rganishni xohlaydi. Men bu futbolchidan juda mamnunman.

O‘yindagi bahsli vaziyatlar haqidami? Men ularni batafsil o‘rganmadim. Libos almashtirish xonasida bu epizodlarni ko‘rmadim, shuning uchun ularga baho bera olmayman», — deya Mourinyuning so‘zlarini Marca keltirdi.

La Liganing to‘rt turidan keyin «Betis» 9 ochko jamg‘argan va 3-o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourinyu shogirdlari ham 9 ochkoga ega, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga turnir jadvalida 2-pog‘onada bormoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:30, 05.09.2026.
O'qildi: 3898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик