Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yakunlangan mavsum kashfiyotlari

Yakunlangan mavsum kashfiyotlari

Baho:
+2 | -2

Yevropada yakuniga yetgan mavsum o‘ta shiddatli va ancha qiziqarli bo‘ldi. "Chelsi"ning Yevropa Chempionlar Ligasini yutishi va "Vilyarreal"ning Yevropa Ligasi finalida "qizil iblislar"ni taslim etishining o‘zi ham bu mavsumni g‘ayrioddiy voqealarga boy bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, o‘zimiz uchun ayrim katta nomlarni ham kashf qildik. Hozir o‘tgan mavsumning haqiqiy kashfiyotiga aylana olgan ayrim futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.

Pedri ("Barselona" Ispaniya)

"Barselona" klubi har doim kuchli yarim himoyachilarnga ega bo‘lgan. Ushbu jamoaning maydon markazida ushbu mavsum Frenki De Yong ajoyib mavsum o‘tkazdi, ammo biz undan buni kutgan edik. Sababi, niderdiyalik katta pul evaziga Kataloniya klubiga olib kelingan va unda anchagina tajriba bor, biroq Pedri o‘tgan yili "ko‘k-anorranglilar" safiga "Las-Palmas" klubidan kelib qo‘shildi va 17 yoshda bo‘lishiga qaramay jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylana oldi. Koutinyoning jarohat olishi va Pyanichning jamoa o‘yiniga kirishib keta olmasligi ispaniyalik futbolchiga anchagina qo‘l keldi. U ayni damda jamoaning asosiy "figura"laridan biriga aylanib ulgurdi. O‘zining Kataloniyadagi ilk mavsumidayoq u 52 ta o‘yin o‘tkazdi, 4 ta gol urdi va 6 ta assistni ham o‘z hisobiga yozdiribq qo‘ydi. Uning endi 18 yoshdaligini inobatga olsak, bu natija shunchaki super.

Jovanni Reyna ("Borussiya Dortmund" Germaniya)

"Borussiya Dortmund" klubi har doim yosh iqtidorlarni kashf qilish bo‘yicha Yevropada eng yaxshilaridan biri sanaladi. Shunchaki, Xoland va Sanchoning o‘zini misol keltirish yetarli. Ayni dam bu ikki futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun Yevropaning bir qator grandlari o‘zaro jangga kirishgan. Ularning "asalarilar" safidan ketish ehtimoli yuqori, biroq klubda ulardan tashqari yana ko‘plab iste’dodlar bor. Mazkur klub safida 18 yoshli Jovani Reyna yakunlangan mavsumning haqiqiy kashfiyotlaridan biri bo‘la oldi va 46 o‘yinda 7 ta gol hamda 7 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Yosh hujumkor yarim himoyachi 18 yosh bo‘lishiga qaramay ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi va natijalar ham ajoyib. Roysning yoshi o‘tib borayotganini inobatga olsak, u ayni damdagi "Borussiya Dortmund" sardoriga munosib o‘rinbosar bo‘la olishi mumkin. Mahorat taraflama uning Marko kabi bo‘lishini tilab qolamiz, ammo taqdir taraflama emas.

Eduard Kamavinga ("Renn" Fransiya)

Fransiya Chempionati bu mavsumda kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi. Parijliklarning "taxtdan qulashi" va "Lill" klubining chempion bo‘lishiga ayni damda unikal hodisaday qarash mumkin. Hozir to‘xtalib o‘tadigan o‘yinchimizning esa na PSJga na Fransiyaning yangi chempionlariga dahli yo‘q. Garchi, u ayni dam kuchsizroq klubda to‘p tepayotgan bo‘lsada, uning boshqa klubga o‘tish ehtimoli yuqori. Gap "Renn" klubining 18 yoshli futbolchisi Eduard Kamavinga haqida ketmoqda.  Uning jamoasi o‘tgan mavsum Liga 1da 6-o‘rinni egalladi. Jamoaning mazkur natijasiga eng katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri aynan Kamavinga hisoblanadi. Uning o‘yinini ko‘pchilik kuzatib bormasligi mumkin. Shuning uchun, biroz tarif unga tarif berib o‘tamiz. Kamavinga maydon markazida harakatlanuvchi "stopper" futbolchi hisoblanadi. Uning vazifasi ko‘proq hujumlarni buzish, ammo yosh Kamavinga anchagina hujumkor ham hisoblanadi. Fransuzning texnik imkoniyatlarini yuqori baholasak bo‘ladi. Ishonmasangiz, ijtimoiy tarmoqlarda uning xatti-harakatlari joylashtirilgan videolarni ko‘rishingiz mumkin. Unga ayni damda Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Kelasi mavsumdan uni grand jamoalarda ko‘rib qolishimiz mumkin. Aytgancha, Eduard bu mavsumda 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Yosh tayanch yarim himoyachi uchun bu umuman olganda yomon natija emas.

Fil Foden ("Manchester Siti", Angliya)

Yuqorida nomi tilga olingan 3 ta futbolchi ko‘proq ushbu mavsumda katta futbolga qadam qo‘ygan futbolchilan hisoblanadi, ammo hozir to‘xtaladigan o‘yinchimiz, 2-3 mavsumdan beri "shaharliklar" safida to‘p tepib kelmoqda. 21 yoshli Fil Foden yakunlangan mavsumda "Siti"da eng yaxshilardan biri bo‘ldi. Ko‘proq yarim himoyada harakatlanuvchi Fodenni Gvardiola ancha hujumkorroq futbolchiga aylantirdi. Shuningdek, yosh angliyalik iqtidor egasi asosiy tarkib uchun kurashda o‘zining "akalari" bo‘lib qolgan ayrim yigitlarda ortda qoldirib ketdi. Sterling yoki Bernardo maydonga tushmasligi mumkin, ammo Foden maydonda. Gvardiola ham anchadan beri shu klubda muvvaffaqiyatli harakat qilayotgan jahon darajasidagi futbolchilarni hurmatini qilmay yosh ingliz yigitchani maydonga tushiraverdi va o‘sha yosh yigitcha ustozining hurmati maydonni yondirib tashladi. Fil ushbu mavsumda umumiy 50 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 10 ta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, bu "shovvoz". Aslida, uni biz kashfiyot deb atashimiz xato, ammo u bu mavsumda yosh iqtidorli futbolchidan jahon darajasidagi top futbolchiga aylana oldi. Bu ham qisman kashfiyot, aslida.

Meyson Maunt ("Chelsi", Angliya)

Fodenga nisbatan aytilgan fikr Mauntga ham tegishli. U bu mavsumda porlamadi va Lempard jamoaga ilk kelgan paytdayoq biz uni o‘zimiz uchun kashf qilib bo‘lganmiz, ammo ushbu mavsumda u daraja jihatdan pikka chiqdi. "Chelsi"ning yakunlangan mavsumda yetakchisi kim bo‘ldi deb o‘ylaysiz? 40 million yevro evaziga olib kelingan Ziyeshmi? yoki 80 million yevro pul evaziga kelib qo‘shilgan Xaversmi? Balki, tajribali hujumchi Verner bu vazifani bajardimikan. Ehtimol, kim uchundir yuqoridagi futbolchilardan biri "aristokratlar"ning yakunlangan mavsumdgi yetakchisi hisoblanar, ammo Sub’ektiv qarashlarni chetga surib qo‘yib, holatga biroz ob’ektiv yondashsak, Maunt jamoada haqiqiy yetakchi bo‘la oldi. O‘zining ishonchli o‘yinlari bilan u Londonning ko‘k rangdagi jamaosi muxlislarini xursanl qila oldi. "Chelsi" yaqinda Yevropa Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi. Kantening ishonchli o‘yinlari finalda "aristokratlar"ga qo‘l keldi, ammo Maunt baribir butun mavsum davomida stabil o‘yin ko‘rstadi. U yakuniga yetgan mavsumda jami 54 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 9 ta assist yozdirib qo‘ydi. "Aristokratlar" tarkibda yulduz futbolchilarni qalashtirib tashlayotgan bir paytda, yetakchi klubning o‘zidan porlab chiqdi. Haqiqiy kashfiyot va haqiqiy talant. 

                                                                  

                                                              Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 19:44, 10.06.2021.
O'qildi: 4856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.