«Shtutgart» yarimhimoyachisi Nikolas Gonsales nemis klubini tark etishga yaqin turibdi. Futbolchiga Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar beradi.
Nikolasga asosiy davogarlar - «Tottenxem» va «Fiorentina». Qayd etilishicha, «binafsharanglar» 23 yoshli argentinalik uchun 25 million yevro to‘lashga tayyor.
O‘tgan mavsumda Gonsales 17 uchrashuv o‘tkazib, 6 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.