Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yevro-2020. Yaqin o‘tmish qirollari. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Yevro-2020. Yaqin o‘tmish qirollari. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun? Raqamlar so‘zlaganda

Baho:
+ | -

Yevropa chempionati bahslari davom etadi. Bugun eng so‘nggi va eng qiziqarli deya aytilayotgan «F» guruhida bahslar o‘tkaziladi.

Guruhning va o‘zi umuman turnir birinchi turining markaziy bahsida Fransiya hamda Germaniya o‘zaro to‘qnash kelmoqda. Stadion.uz esa doimgidek uchrashuvga doir qiziqarli fakt va statistikalar bilan tanishtirishda davom etadi.

Xo‘sh, yaqin o‘tmishning ikki Jahon chempionlari ishtirokidagi to‘qnashuvlarda kim ustunroq?

• Germaniya va Fransiya shu paytgacha jami 31 marotaba turli musobaqalar doirasida o‘zaro to‘qnash kelgan. Ulardan 14 tasida fransuzlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 10 marta Bundestim g‘alabani tantana qilgan. Yana 7 bahs esa durang bilan o‘z yakuniga yetgan.

• Germaniya posboni Manuel Noyer o‘tgan hafta Latviyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida jamoasi darvozasini qo‘riqlab bordi.

• Bu taniqli kiper uchun faoliyatidagi milliy terma jamoa safida 100-o‘yin bo‘ldi. Manuel bu borada darvozabonlar orasida ushbu ko‘rsatkichni qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

• Shuningdek, terma jamoaning hozirgi tarkibida eng ko‘p gol urgan fubolchi bu Tomas Myuller hisoblanadi. Tajribali nemis hisobida 39 ta gol mavjud.

• Olmon yurti o‘z tarixida 3 marta qit’a chempionligida g‘olib bo‘lgan. Bu esa musobaqa tarixidagi Ispaniya bilan birgalikdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

• Germaniya terma jamoasi tarkibidagi eng sermahsul o‘yinchi Serj Gnabri hisoblanadi. U shu paytgacha jami 22 ta golda ishtirok etdi (16 gol, 6 assist).

Foiz hisobiga olganda esa bu har 80 daqiqada bittadan samarali ko‘rsatkich degani. Bundestim tarkibida hech kim yaqin orada bunday natijani qayd eta olmagan.

• Germaniya terma jamoasi o‘z tarkibidagi xalqaro maydonda chempion bo‘lgan futbolchilari soni bilan maqtana oladi. Jamoa safida oxirgi 9 oy mobaynida 9 ta Chempionlar ligasi kubogi sohiblari harakat qilmoqda.

Ular Noyer, Myuller, Gnabri, Kimmix, Goreska va Zyule («Bavariya»dan), shuningdek, Ryudiger, Havers hamda Verner («Chelsi»dan).

• O‘z navbatida «xo‘rozlar» tarkibida ham 5 nafar Bundesliga klubi futbolchilari harakat qilishmoqda. Ular - «Bavariya»dan Ernandes, Koman, Pavar hamda Tolisso, shuningdek, «Borussiya M» a’zosi Markus Tyuram.

• Germaniya Fransiyani 5 o‘yindan beri mag‘lub eta olmayapti. Ular hisobidagi so‘nggi g‘alaba 2015 yilda qayd etilgan. Undan so‘ng o‘tkazilgan bahslarda nemislar bor yo‘g‘i jami 3 ta gol urishgan xolos.

• Germaniya terma jamoasi o‘z tarixida hali biror marta Yevroning ochilish o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmagan. Buning ustiga ushbu yurt vakillarida musobaqada eng ko‘p zafar quchgan jamoaga aylanib olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.

• Fransuzlar hujumchisi Antuan Grizmann Germaniya bilan kechgan o‘yinlarda ajoyib sermahsullikka ega. U nemislar bilan o‘zi maydonga tushgan so‘nggi 4 bahsda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

• Fransiya Germaniyaga 1986 yildan beri yirik mundiallarda yutkazmay kelmoqda. Bu orada to‘rtta katta bahs bo‘lib o‘tgan.

• Germaniya so‘nggi uchta Yevropa chempionatida eng kamida yarimfinalgacha bormoqda. Jamoaning bu boradagi so‘nggi yutug‘i 1996 yili qo‘lga kiritilgan.

• «Ko‘klar» bosh murabbiyi Didye Desham ushbu turnirda tarixdan joy olishi mumkin. Ya’ni agar Fransiya joriy Yevroda g‘alaba qozonsa, Desham ham futbolchi ham murabbiy sifatida Jahon va Yevropa chempionatlarida zafar quchgan ilk shaxsga aylanadi.

• Bundestim posboni Manuel Noyer ushbu turnirda o‘zining shaxsiy va Jahon rekordini yangilashga yaqin turibdi. Noyer hozircha xalqaro yirik mundiallarda eng ko‘p maydonga tushish bo‘yicha Iker Kasilyas va Jiji Buffondan ortda bormoqda.

Agar nemis posboni yana 5 ta o‘yinda jamoasi sharafini himoya qilsa, yuqoridagi ikki afsonaning 31 uchrashuvlik dovonidan oshib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi.

• Shuningdek, o‘tgan Yevroda fransuzlar yetakchisi Antuan Grizmann 6 ta gol bilan to‘purar bo‘lgan edi.

Undan keyingi o‘rinlarni o‘z jamoadoshlari Jiru va Payetlar 3 gol bilan egallashgani ham qiziqarli holat. Buning ustiga Antuan Germaniyaga qarshi so‘nggi 3 o‘yinning ikkitasida dublga erishgan.

• Germaniya Yevropa chempionatlari doirasidagi so‘nggi 8 uchrashuvida eng kamida ikkita gol urib kelmoqda.

• Bundestim o‘sha sakkiz bahsdan yettitasida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan. Yagona va eng so‘nggi mag‘lubiyat ham aynan Fransiyadan qabul qilib olingan.

O‘sha uchrashuv 2016 yilgi Yevropa chempionati yarim finali doirasida o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

• Fransiya Germaniyaga qarshi bahslarning so‘nggi 5 tasida umuman mag‘lubiyatga uchramagan. Tomonlarning oxirgi uchrashuvi 2018 yilning 16 oktabrida Millatlar ligasi doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda fransuzlar 2:1 hisobida zafar quchishgan.

• Fransiya esa o‘z navbatida ushbu musobaqaning so‘nggi 7 ta bahsidan 6 tasida zafar quchgan. Eng so‘nggi va oxirgi mag‘lubiyat xuddi bugungi raqibi singari 2016 yilning final oqshomida Portugaliyadan qabul qilib olingan.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:10, 15.06.2021.
O'qildi: 2597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.