Argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain MLS saviyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Evropada men futboldan tashqarida tinchlik topolmadim, Buffon menga futboldan sovugan paytlarim nimanidir o‘zgartirish kerakligini aytdi.
Men bu yerga kelib, shunchaki og‘zimga sigaret tutib o‘ynayman deb o‘ylagandim, lekin aslida bu yerda to‘p tepish juda qiyin.
Bu ancha qiziqarli turnir. Bu Italiya chempionatiga o‘xshaydi. Ispaniya va Angliyada muvaffaqiyat qozonish osonroq, ammo Italiyada, agar chempionatga moslasha olmasangiz, azob chekasiz», - deydi Iguain.
Ma’lumot uchun, ayni dam Iguain "Inter Mayami" safida faoliyat olib bormoqda.