Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Bahodir Jalolov: «Dubayda 70 foiz kuch bilan ishladim, Tokiodagi Olimpiadada 100 foizlik formada bo‘laman»

Bahodir Jalolov: «Dubayda 70 foiz kuch bilan ishladim, Tokiodagi Olimpiadada 100 foizlik formada bo‘laman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Osiyo boks konfederasiyasi matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov bilan intervyuni taqdim etdi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati ushbu intervyuning o‘zbek tilidagi variantini e’tiboringizga havola qiladi.

"Bu safargi tayyorgarlik ham doimgidek yaxshi o‘tdi. Musobaqaning darajasidan qat’i nazar, ishga doimo jiddiy yondoshamiz. Uch oy ichida bir necha marotaba formaga kirish oson emas. Osiyo chempionatida men 70 foiz kuch bilan ishladim. Men Olimpiya o‘yinlarida 100 foiz kuch formada bo‘laman.

Osiyo chempionatidagi muhit menga yoqdi. Barcha ob’ektlar bir joydaligi uchun ham bizga transportlar kerak bo‘lmadi. Vazn o‘lchash, ovqatlanish, texnik uchrashuvlar va boshqa jihatlar sportchilar uchun qulay qilib tuzilgandi.

Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz. Ularni kuchli va tajribali sportchilardeb hisoblaymiz. Qozog‘iston, masalan kuchli boks mamlakati. Mo‘g‘uliston ham yaxshi jamoa, bu safar Hindiston bizga ancha yaqin keldi.

Bu qozog‘istonlik raqibim - Kamshibek Konkabayevga qarshi 7-jangim bo‘ldi. Bahs doimgidek qiyin o‘tdi. Bu safar jismoniydan ko‘ra, ko‘proq psixologik kurash kechdi. O‘zimga bo‘lgan ishonch yuqori edi, chunki oxirgi ikkita musobaqada uni mag‘lubiyatga uchratgandim, xech kimga mag‘lub bo‘lmayotgandim. So‘nggi oylarda ruxiy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratmoqdaman.

Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lishni orzu qilaman va shu sababli Tokiodagi Olimpiadaga 100 foiz kuchim bilan tayyorlanaman. Boshqa xech qanday turnir yoki yig‘inga bormaymiz. O‘zbekistonda bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Tokioda men uchun Qozog‘iston, Rossiya, Kuba va Avstraliya bokschilari asosiy raqiblar bo‘ladi. Ammo yuqorida ta’kidlaganimdek, vazn toifamdagi barcha sportchilarni kuchli raqiblar deb hisoblayman. Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng jahon chempionatida qatnashmoqchiman, keyin esa ko‘ramiz", - dedi Bahodir Jalolov.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 09:27, 16.06.2021.
O'qildi: 4529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.