Ketma-ket ikki yil davomida Tomas Tuxel va uning jamoalari Chempionlar Ligasi finalida o‘ynashdi. Agar o‘tgan mavsumda nemis boshchiligidagi "Parij Sen-Jermen" musobaqa oxirida kubokni "Bavariya"ga yutqazgan bo‘lsada, bu mavsum "Chelsi" bilan mazkur musobaqa g‘olibiga aylandi.
Bunday yorqin faoliyatdan keyin Tomas haqida tez-tez gapirishlari ajablanarli emas. Kimdir bu mutaxassis qanchalik iqtidorli ekanligi va u tez orada futbol olamiga Gvardiolaning hukmronligiga yakun yasalishi, kimdir esa Tuxelning keyingi transfer oynasida "Chelsi"ga qaysi futbolchini chaqirishi haqida gapirishni yaxshi ko‘radi. Bugun biz ham ushbu nemis mutaxassisining faoliyatiga to‘xtalishga qaror qildik. Hozir sizlarga Tuxelning murabbiylik faoliyatida davomida birga ishlagan eng kuchli hujumkor futbolchilarining 5 nafari haqida to‘xtalmoqchimiz. .
5. Anxel DI MARIYA - 36 ta gol
Argentinalik Anxel Di Mariya Tomas Tuxel rahbarligida Parijning "PSJ" jamoasida o‘ynagan. Futbolchi u yerda nemis murabbiyi paydo bo‘lishidan ancha oldin poytaxt jamoasiga kelgan, ammo aynan Di Mariya Tomas kelgandan keyin, hujumda faolroq va yaxshiroq harakat qilib, jamoaning eng fydali futbolchilaridan biriga aylandi.
Umuman, Tuxel qo‘l ostida Di Mariya "PSJ" safida 103ta o‘yin o‘tkazdi. Mazkur bahslarda - 36ta gol va 49ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ushbu raqamlar Di Mariya hozir ko‘rsatayotgan natijalari Tuxelning o‘rnini egallagan Maurisio Pochettino boshqaruvidagi ko‘rsatkichlardan keskin farq qiladi. Argentinalik murabbiy qo‘l ostida Anxel parijliklar safida 26 marta o‘yin o‘tkazgan, ammo ko‘rsatkich nisbatan pasroq. Di Mariya ushbu uchrashuvlarda atigi 2 ta gol va 9 ta golli pas bergan.
Albatta, buyog‘iga Di Mariya yosharib bormayapti, shuning uchun ham natijalari tushib ketgan deyishimiz mumkin, ammo haqiqat saqlanib qolmoqda - aynan Tuxel qo‘l ostida Anxel o‘z karyerasidagi eng ko‘p gol urgan va shuningdek, juda ko‘p golli paslar bergan deb aytish mumkin.
4. Andre SHYURRLE - 41 ta gol
Tomas Tuxel birdaniga ikkita klub tarkibida Shyurrle bilan yo‘llari kesishgan. Birinchi marta, mutaxassis "Mayns"da iste’dodli hujumchi bilan ishladi, u yerda Andre katta futbolda tan olinishi uchun birinchi qadamlarni qo‘ydi. Shundan so‘ng Shyurrle "Bayer" tarkibiga ketib, keyin "Chelsi" va "Volfsburg"da o‘ynab, 2016 yilda yana Tuxel qo‘l ostida shug‘ullanishni boshladi, ammo bu safar Dortmundning "Borussiya" klubida.
To‘g‘ri, "Mayns"da Shyurrle Tuxel bilan "qora-sariqlar"ning lageriga qaraganda zo‘r o‘ynagan, ammo buning ob’ektiv sabablari, jumladan, Andreaning jismoniy holati ham bor edi. Ammo aynan Tomas va Shyurrle birgalikda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan - 114. Boshqa biron bir mutaxassis bu futbolchiga Tuxel singari ishonmagan (Mourinyo qo‘l ostida Shyurrle 65 o‘yin o‘tkazgan, Xeking - 63). Hujumkor yarimhimoyachi, shuningdek, murabbiyiga ishonch uchun minnatdorchilik sifatida - 41 ta gol va 13 ta golli uzatma bilan javob qaytargan.
3. NEYMAR - 51 ta gol
Braziliyalik Neymar Parijga ko‘chib o‘tgani uchun tanqid qilindi. Ko‘pchilik hujumchini pul izlab, Parijda barpo etilayotgan Qatar investorlarining ochiqchasiga utopik loyihasiga qo‘shilib, "Barselona"dek saviya jihatidan ancha kuchli bo‘lgan klubni tark etgani uchun qoralaydi. Biroq, Fransiya poytaxtida Neymar maydonga tushganda umuman yaxshi ko‘rinishga ega va eng muhimi, to‘liq kuch bilan o‘ynash istagini namoyish etadi.
Tuxel rahbarligida Neymar Fransiyada ikki yarim yil o‘ynadi. Aynan nemis mutaxassisi bilan braziliyalik hozircha eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Chempionlar Ligasi yuqorida aytib o‘tganimizdek, "PSJ" tomonidan zabt etilmagan, ammo tarixida birinchi marta finalda o‘ynashdi.
Shuningdek, braziliyalik legioner Tuxel bilan ko‘rsatgan natijalari bilan ham bemalol maqtana oladi - 67 uchrashuvda 32 golli pas va 51 gol.
O‘sha paytlarda Tuxel boshchiligidagi jamoa birgalikda Fransiyada chempionatida ikki marta, bitta Superkubok, shuningdek bitta mamlakat kubogi va bitta Liga kubogini yutishdi. Keyinchalik, boshqa jamoaga o‘tmoqchi bo‘lib yugan Neymar "PSJ"da qoldi va yaqinda klub bilan yangi shartnoma imzoladi, ammo Tuxeldan o‘tgan yilning dekabrida «o‘z lavozimini tark etishni so‘rashdi» va bu Parij klubining xo‘jayinlari qarori.
2. Pyer-Emerik OBAMEYANG - 79 ta gol
Gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang Tuxel bilan ishlashni boshlaganda, allaqachon taniqli to‘purar bo‘lganida, Keyinchalik, futbolchi Dortmundning "Borussiya"sidan "Arsenal" safiga o‘tib ketdi, ammo Obameyang o‘zining eng samarali ikki mavsumini Bundesligada nemis mutaxassisi rahbarligida o‘tkazdi. Shuning uchun Pyer-Emerik Tuxeldan "gol urish mashinasi" sifatida o‘zining ko‘p qirralarini ochishga yordam bergani uchun mutaxassisdan minnatdor bo‘lishi kerak.
Agar "Borussiya"dagi dastlabki ikki mavsum davomida gabonlik futbolchining statstikasi maksimal 13 va 16 ta gol bo‘lsa, Tuxel klubiga kelgandan so‘ng, Pyer-Emerikning natijasi keskin sur’atlarda oshgan va keyingi ikki mavsumda u mos ravishda 25 va 31 ta gol urgan! Umuman olganda, Tomas "Borussiya"da bo‘lgan paytda Obameyang barcha turnirlarda 95 ta o‘yin o‘tkazib, 79 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi, bu gabonlikning har bir o‘yinda o‘rtacha bitta samarali harakat qilgan deganidir.
Afsuski, Tuxel va Obameyang o‘rtasidagi bunday ajoyib tandemi hech qanday muhim sovrinlarni qo‘lga kirita olmadi. Ular bitta Germaniya kubogida zafar quchishgan. Balki shuning uchun ham "qora-sariqlar" murabbiyga yangi shartnoma taklif qilmaslikni afzal ko‘rishgandir. Ammo, Tomas ketganidan bir yil o‘tib, Obameyang ham "Borussiya"ni tark etdi.
1. Kilian MBAPPE - 83 ta gol
Albatta, Tomas Tuxel uchun Kilian Mbappe kabi iste’dod bilan ishlash baxtdir. Nemis murabbiyi kelishidan bir yil oldin Parij klubi "Monako"dan sotib olingan hujumchi tezda monegasklar lageridagi harakatlari tasodifiy emasligini tasdiqladi. Va Emeri, keyin Tuxel boshchiligida Mbappa gollarni qalashtirib tashladi. Klubda Di Mariya, Neymar va boshqa ko‘plab iste’dodlar borligiga qaramay, parijliklar hujumidagi eng havfli futbolchiga aylanib oldi.
Umuman olganda, Tuxel davrida Mbappa barcha turnirlarda 98 uchrashuv o‘tkazgan, 83 gol urgan va 46 golli uzatmani amalga oshirgan. Bu nafaqat "PSJ", balki butun Yevropa futboli ajablanadigan holatdir. Ammo, hozircha Kilian Chempionlar Ligasi va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmagan, lekin har bir futbolchi uchun orzu qilgan, Jahon chempionligi kai unvonni 22 yoshida qo‘lga kiritishni uddalagan.
Qizig‘i shundaki, Tuxelning ketishi bilan "PSJ" uzoq chempionlik seriyasini to‘xtatib qo‘ydi. Va umuman olganda, Mbappening "PSJ"da qancha muddat qolishi qiziq, chunki tomonlar yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti, Kilian esa o‘z tarixini buyuk yutuqlar va maqomga ega klubda sinab ko‘rish orzusidan voz kechmaydi. Bu - "Real"...
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.