Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jasur Abduraimov: “Navbahor”ga hamma jamoa ham ikkita gol urolmaydi”

Jasur Abduraimov: “Navbahor”ga hamma jamoa ham ikkita gol urolmaydi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” (2:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov qatnashdi.

— 2:0 hisobida oldinda borayotgandik, xatolarga yo‘l qo‘yishimiz sababli hisob tenglashdi. Futbolchilarimiz harakat qilishyapti, oldinga intilishyapti, murabbiy uchun asosiysi shu. Birinchi navbatda o‘yinni shakllantirishga e’tibor qaratyapman. Jamoamiz ketma-ket top jamoalarga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Dastlab AGMK, keyin “Nasaf”, mana endi “Navbahor”. Har bir bahsda biz o‘yin tomonlama yutqazmadik. Xatolar hammada ham bo‘ladi, lekin xarakter ham bo‘lishi kerak. Yigitlarga harakat qilishayotgani uchun rahmat aytaman. “Navbahor” tarkibidagi futbolchilar ham yaxshi saviyada, ular ham mehnat qilishmoqda. Bugun 2:2 o‘ynadikmi, demak shunday bo‘lishi kerak ekan.

— “Navbahor” jamoasini qanchalik o‘rganib chiqqandingiz? Jamoangiz 2:0 hisobida oldinda borayotib, keyin ikkita gol o‘tkazib yubordi...
— Bugun taktik tomonlama raqibga yutqazmadik. Ammo kimdir oxirigacha kurashmadi, oqibatda, gol o‘tkazib yubordik.

— Doniyor Narzullayev so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmayapti...
— Futbolchida xarakter bo‘lishi, mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatishi kerak. Shundagina asosiy tarkibga kirishi mumkin. Hozircha Doniyorda bu narsani ko‘rmayapman, shunday bo‘lishini sezishim hamono, u o‘sha zahoti maydonga tushadi. Boshlang‘ich tarkibga kiradami, zaxiradan tushadimi, asosiysi, o‘ynaydi.

— Keyingi turda “Metallurg” “Turon” maydoniga safar qiladi. Ushbu raqib haqidagi fikringiz qanday?
— “Turon”da murabbiy almashdi, jamoa harakat qiladi. Men “Metallurg” uchun javob beraman. Meni xursand qilayotgani, futbolchilar astoydil harakat qilishmoqda. Hujumkor, zamonaviy futbol namoyish etishmoqda. To‘g‘ri, xatolar bor, ammo sifat ham ko‘rinmoqda. “Navbahor”ga hamma jamoa ham 2 ta gol urolmaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:00, 27.06.2021.
O'qildi: 1894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик