Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Diyor Imomxo‘jayev projektor sabab o‘z maydonida o‘yin o‘tkaza olmayotgan klublar haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev projektor sabab o‘z maydonida o‘yin o‘tkaza olmayotgan klublar haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev projektor sabab o‘z maydonida o‘yin o‘tkaza olmayotgan klublar haqida fikr bildirdi.

"Xayrulla Xoliqovning projektorlar sabab o‘z maydonida o‘yin o‘tkazmayotgan jamoalar borasidagi maqolasini o‘qidim. Nega AGMK va "Paxtakor" ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak, degan xaqli savolni qo‘ygan va muxlislarni PFL manzili tomon qayragan.

PFL tarixda birinchi marta projektorlar masalasiga qattiq turib, 4 ta klubni yozgacha ogohlantirdi va yakunda o‘yinlarni boshqa stadionlarga ko‘chirdi. "Mash’al" "Turon" bilan kelishdi va o‘yinlar ketma-ketligini almashdi. PFL jamoalarga qulay bo‘lishi uchun, bunga rozilik berdi. Chunki bir klubni ikki marta jazolash ham to‘g‘ri ish emas. "Qo‘qon-1912" klubi Yaypandagi stadionni tanladi, ikki tomon o‘rtasidagi iliq aloqalarni inobatga olsak, bu yerda hech qanday muammo bo‘lmaydi, masofa ham juda yaqin.

"Andijon" va "Surxon" esa raqiblari bilan kelishib, PFLga taklif bilan chiqdi. Xuddi "Mash’al" bilan bo‘lgani kabi, PFL ularning taklifiga ham qarshi borgani yo‘q. Chunki "Paxtakor" va AGMK raqiblarining o‘yinni tashkil etish bilan bog‘liq ayrim harajatlarini ko‘tarib beradi.

Tez orada projektor olib kelishi shart bo‘lgan klublar esa hozir har bir tiyin pulini o‘lchaydigan vaqt. Aytaylik, "Andijon" o‘yinni Namanganda o‘tkazishi uchun, o‘yinni tashkil etish bilan bog‘liq harajatlardan tashqari, stadion uchun ham alohida ijara haqi to‘lab berishi kerak bo‘lardi. Yig‘inlarini ko‘pincha Toshkentda o‘tkazadigan "Surxon" esa "Bunyodkor" yoki "Lokomotiv" stadionlariga Chempionlar ligasi sabab tegina olmaydi.

Biz shunday ishlayapmizki, nasib bo‘lsa kelasi mavsum Superligada projektorsiz o‘ynaydigan klubning o‘zi qolmaydi. "Qo‘qon" va "Surxon" allaqachon harakatni boshladi, tez orada "Andijon" va "Mash’al"dan ham yangilik eshitsak kerak. Superligaga ehtimoliy chiqishi mumkin bo‘lgan "Buxoro", "Neftchi", "Dinamo" klublarida projektor yaxshi, "Olimpik" rahbarlari ham shu yozning o‘zida projektorni sozlashga va’da bergan.

Biz ishlayapmiz. Xayrulla Xoliqovda kontaktim bor, qo‘ng‘iroq qilib sababini so‘rasa, albatta tushuntirib bergan bo‘lardim. Yaxshi jurnalist avval surishtiruv o‘tkazadi".

Diyor Imomxo‘jayev.

P.S. Yuqorida haqli savolni o‘rtaga tashlagan dedim, aslida bir klubning biror raqibni ikki marta o‘zida qabul qilishi, qolgan jamoalarga nisbatan u qadar to‘g‘ri ish emas. Ammo klublarning moliyaviy holatini aniq bilib turib ham robotga aylanib olmadik. Bu yerda asosiy faktor, klublar moliyaviy tarafdan iqtisod qilib, o‘zlari shunday taklifni berayotganidir. Biz kundan-kunga murakkabliklarni yengishga harakat qilyapmiz.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 07:30, 28.06.2021.
O'qildi: 4415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.