Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Finalgacha ularda yo‘l bexatar. "Kopa Amerika" turniri borasida taxminlar

Finalgacha ularda yo‘l bexatar. "Kopa Amerika" turniri borasida taxminlar

Baho:
+ | -

"Kopa Amerika" turnirining guruh bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Argentina va Braziliya terma jamoalari kutilganidek o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladi. Messi tufayli Argentina va Neymar sababli Braziliya baribir muxlislar e’tiborida bo‘lib turibdi. Kecha Leo va uning jamoasi Boliviyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Leo ushbu bahsda 2 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ular o‘z guruhida 10 ochko to‘pladi. Shuningdek, "pentakampeonlar" ham o‘z guruhida shuncha ochko to‘pladi. Ularning yo‘llari faqatgina finalda kesishishi mumkin. Keling, finalgacha yo‘lni taxminan tuzib chiqamiz. 

Argentinaning finalgacha yo‘li

Messi va uning jamoadoshlari chorak finalda "B" guruhida 4-o‘rinni egallagan Ekvadorga qarshi maydonga chiqadi. Birinchidan, ayni damda "albisileste" yaxshi kayfiyatda. Tarkib, o‘yin va yana ko‘plab faktorlar Argentinaning g‘alabasiga ishora qilmoqda. Ha, katta ehtimol ular bu bosqichdan o‘tib olsa kerak, ammo keyingi raqib biroz jiddiy bo‘lishi mumkin. Kolumbiya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi Argentina - Ekvador o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Chamamda, yarim finalda yana Argentina Urugvay bahsini ko‘rsak kerak. Sababi, kolumbiyaliklar o‘z guruhlarida 4 o‘yinda atigi 4 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi. Nazdimda "la seleste" bu o‘yinda g‘alaba qozonish ehtimoli katta. Urugvay guruh bosqichida Lionel Skaloni shogirdlariga imkoniyatni boy bergan edi va bu yana ro‘y berishi mumkin. Yakunda Argentina baribir final yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa kerak.

Braziliyaning finalgacha yo‘li

Braziliya terma jamosi ushbu bosqichda "A" guruhida 4-o‘rinni egallagan Chiliga qarshi maydonga tushadi. "La roxa"ning bunchalik ishnochsiz o‘yin ko‘rsatishini ko‘pchilik kutmagan edi. Har holda ular ilk turda Argentina bilan durang natija qayd etgan edi. Braziliya esa o‘z guruhida umuman qiyinchilikga duch kelmadi va birinchi o‘rinni band etdi. Garchi, Chili xavfli raqib bo‘lishiga qaramay, "pentakampeonlar" ularni mag‘lub etish ehtimoli yuqori. Agar, shundan bo‘lgan taqdirda, Peru - Paragvay bahsi g‘olibi ular bilan yarim finalda o‘ynaydi. Peru kuchli, ammo Paragvay ancha tartibli va sifatli o‘yin ko‘rsatadigan terma jamoa hisoblanadi. Ular Chilini mag‘lub etgani va Argentinani ancha qiynab qo‘yganiga guvoh bo‘ldim. Bu tarafda ehtimoliy yarim final juftligi aynan Braziliya hamda Paragvay bo‘lsa kerak. Finalda esa turnir mezbonlarining o‘zi o‘ynashi haqiqatga yaqin va shunday ham bo‘lsa kerak. 

"Kopa Amerika" turnirida kam jamoalar ishtirok etishi va formatning o‘ta soddaligi sababli, taxmin bildirish biroz oson, aslida. Shuningdek, ayni dam bu qit’ada ikki terma qolganlaridan ajralib qolgan. Turnir saviyasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bu o‘yinlar qiziqishlarimiz doirasidan chetda qolib ketmaydi. Finalda Messi va Neymar qarama-qarshiligini ko‘rishmiz mumkin, ammo bu o‘yinda hech kim yaqqol favorit emas. Leo o‘z titullari orasiga terma jamoa bilan yutgan biror sovrinni qo‘shib qo‘yishni niyat qilgan va Braziliya ham shunchaki sovrinni qo‘sh-ko‘llab berib qo‘ymasligi tayin. Qiziq, baribir qiziq. Ha aytgancha, bular barchasi sub’ektiv fikr va taxminlar. Yakunda balki barchasi boshqacha bo‘lar. Kuzatishda davom etamiz.

 

 

                                                  Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 04:11, 30.06.2021.
O'qildi: 8207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.