Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger Yevropa chempionati - 2020 pley-off bosqichida Belgiyaga qarshi kechagi o‘yinda Italiya terma jamoasining markaziy himoyachilarining o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Jorjio Kyellini va Leonardo Bonuchchi hozirda dunyoning eng yaxshi himoyachilari", - deb yozadi Shvaynshtayger tvitterda.
Italiya terma jamoasi Yevro-2020 chorak finalida belgiyaliklarni mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobi bilan yakunlandi. Turnirning yarim finalida Roberto Manchini shogirdlari Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.