Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Vunderkindlar: «Pep» laqabli Gvardiol

Vunderkindlar: «Pep» laqabli Gvardiol

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasida shunday futbolchi bor - Yoshko Gvardiol. Kimnidir eslatmayaptimi? Yordam: Manchester shahri klublaridan birining murabbiyi. Yaxshi, gap Pep Gvardiola haqida ketayotganligini allaqachon tushundingiz. Ammo yo‘q, barcha belgilar haqiqiy, mos tushishi esa tasodifiydir. Gvardiol Xorvatiyada tug‘ilgan, butun hayoti davomida o‘sha yerda o‘ynagan. Faqat shu yilning boshida «Leypsig»ga o‘tdi (keyin esa olti oyga yana Zagrebning «Dinamo»siga qaytdi).

U haqda bir qator faktlar:

• Uni Pepning noqonuniy o‘g‘li deb atashni yoqtiradiganlarga qo‘shimcha ma’lumot: Pep Gvardiolaning ismi ingliz tilida Josep Guardiola deb yoziladi. Yoshko Gvardiolniki esa - Josko Gvardiol.

• Ammo «Dinamo»da hamma uni Pep deb chaqiradi.

• Dastlab Gvardiol Zagrebning «Dinamo» klubi akademiyasiga kirishni xohlagan. Ammo u yerdagilar futbolchining jussasi juda kichikligini aytib, uni rad etishgan. O‘shandan keyin Gvardiol kamtarona «Treshnevki» akademiyasiga yo‘l oladi.

Bir yil o‘tgach, «Dinamo» skautlari uning shahar musobaqalaridagi o‘yinidan hayratga tushishdi va o‘zlari uning yoniga taklif bilan borishdi. O‘z navbatida, Gvardiol ularga o‘tmishni eslatmadi, chunki u bolaligidan «Dinamo»ga muxlislik qilgan.

• Gvardiolning bolaligi futbol bilan emas, balki basketbol bilan bog‘liq bo‘lgan: «Kunduzi hovlida do‘stlarim bilan basketbol o‘ynardim, kechalari esa maxsus kanallarda namoyish etiladigan MBA o‘yinlarini tomosha qilardim. O‘z vaqtida, basketbolchilik faoliyatini orzu qilardim. Keyin yozning uch oyida dam olish uchun uzoqqa jo‘nadim - qaytib kelganimda esa aslida basketbol menga unchalik yoqmasligini angladim».

• 2021 yildagi sayyoramizning 50 nafar eng yaxshi yosh futbolchilari ro‘yxatiga kiritildi.

• Mavsum-2019|2020 davomida uni «Lids» kuzatib bordi. U shunday dedi: «Skautlar va shaxsan Marselo Byelsa deyarli har kuni menga qo‘ng‘iroq qilishardi. Hattoki, yozda ularning yoniga ham bordim, harakatlarimdagi kamchiliklarni ko‘rsatishdi. O‘shanda qoyil qolgandim: nahotki, shunday buyuk klub va murabbiy aynan meni diqqat bilan kuzatib bormoqda? Ammo chuqur nafas olgandan keyin tushundimki, hali 20 yoshga ham to‘lmaganman, «Lids»ga ko‘chib o‘tib, qattiq adashishim mumkin».

• «Lids»ni rad etishining yana bir sababi - bu «Liverpul» muxlisi ekanligidir: «Ha, Xorvatiyadan tashqarida boshqa sevimli jamoam yo‘q edi. Karragerning o‘yinlarini miriqib kuzatardim va unga qoyil qolardim. Qandaydir tarzda uning texnikasini esladim va uni mashg‘ulot o‘yinida takrorlashni xohlab qoldim. Karrager ushbu harakatni toza bajargandi, ammo meni maydondan chetlatishdi. Chunki raqibga ikki oyog‘im bilan uchib borgandim».

• Kelasi yozda u «Leypsig»ga yana bir bor ko‘chib o‘tadi. Transfermarkt bitim deyarli 19 million yevro evaziga tuzilishini aytmoqda. Bu esa Upamekano o‘rniga rejalashtirilgan transferdir va buni Yulian Nagelsmanning o‘zi shaxsan ma’qulladi: «Juda aqlli yigit. U ajoyib himoyachiga aylanadi».

Ammo Nagelsmann endi jamoada bo‘lmaydi, chunki u mavsum tugagach «Bavariya»ga yo‘l oldi.

• «Dinamo» futbolchilari mashg‘ulot va uchrashuvlarga qanday yetib borishadi? Shaxsiy avtoulovlarida. Yoshko Gvardiol-chi? U jamoat transportida yuradi.

Gvardiol 19 yoshida shaxsiy kvartirasiga mablag‘ ishlab topdi, ammo baribir, ota-onasi va singillari bilan yashaydi. Uchrashuvlardan so‘ng u «Dinamo» stadionidan uyiga tramvayda qaytadi.

• Hozir Gvardiol kuniga kamida besh soat mashg‘ulot olib boradi: «Ba’zan shaxsiy murabbiyim: «Kel, suzishga boraylik», - deydi. Bu esa yana ikki soat davom etadi. Ota-onam kollejga borishni maslahat berishadi, lekin men istamayman - hozircha o‘zimni to‘liq futbolga bag‘ishlashni reja qilganman».

• Gvardiol Xorvatiya terma jamoasi tarkibida yirik xalqaro musobaqada o‘ynagan eng yosh futbolchidir.

«Agar futbolchi bo‘lmaganimda, otam kabi baliqchilikni tanlardim».

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 06.07.2021.
O'qildi: 3005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.