Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yevro-2020ning haqiqiy chempion jamoasi

Yevro-2020ning haqiqiy chempion jamoasi

Baho:
+ | -

Yevro-2020da o‘z o‘yini bilan muxlislar hurmatiga sazovor bo‘lgan jamoalar ko‘p bo‘ldi. O‘zining hujumkor o‘yini bilan hammani lol qoldirgan Italiya, Inyesta va Xavilardan keyin yangi avlodni shakllantirishga ulgurgan Ispaniya, futbolning haqiqiy asoschilari biz deya qit’a g‘olibligi sari katta qadam qo‘ygan Angliya...

Biroq joriy musobaqada hammaning mehrini qozongan bir jamoa borki, biz bu haqda alohida to‘xtalmasak bo‘lmaydi. Kristian Eriksenning nogahoniy yiqilishidan so‘ng bir nuqtada birlashgan Daniya terma jamoasi Yevroning chinakam yoqimtoy jamoasiga aylandi. Uyda jamoadoshlarining qahramonliklarini hayajon bilan kuzatib turgan Eriksen matbuotda do‘stlariga shunday so‘zlar bilan murojaat etdi:  "Sizlar bilan faxrlanaman!"

Jamoa tarkibida yangi nomlar kashf etildi. Mele, Damsgor, Yensen va boshqalar tarkibda Kristian Eriksenning yo‘qligini bilintirmadilar. "Barselona"da o‘z o‘yini bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan Breytuet ham haqiqiy professional hujumchilarga xos harakat qildi. Dileyni, Dolberg, Kristensen kabi ajoyib yigitlar skandinavlar yurti jamoasini final ostonasigacha yetaklab kelishdi. Shunday ekan, bu jamoa chempionlikka munosib jamoa edi, desak yanglishmaymiz. Birgina shubhali penalti 1966 yilgi Tofiq Bahromov bo‘lgan voqeani eslatib yubordi. O‘shanda ham o‘yin "Uembli"da kechayotgan, final ishtirokchilari — Germaniya va Angliya jahon chempionligi uchun kurashayotgan payt edi. Inglizlarning hujumchisi Jeff Xyorst uzoq masofadan turib zarba bergan va to‘p dastlab to‘singa tegib, so‘ngra darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan, balki kesib o‘tmagandir, lekin qanot hakami ozarbayjonlik Tofiq Bahromovning gapi bilan gol inobatga olinadi.

Kechagi o‘yinda ham Rahim Sterlingning ustalik bilan yiqilishi, buning ustiga maydonda ikkita to‘p, Kasper Shmeyxelning seyvi, Xarri Keynning qaytgan to‘pni golga aylantirishi barcha masalani hal qildi. Bu yerda hakamlar VAR rivojlangan zamonda ko‘z yumib o‘tgan shuncha xato hammani ajablantirdi. Menimcha, bu holat hech qachon penaltiga tortmasdi. Daniyadek mehnatkash jamoaning hurmati uchun ham hakamlar 100 foizlik holat bo‘lmasa (holat 50 foizga ham tortmasdi) yetti o‘lchab bir kesib qaror qabul qilishlari kerak edi.

Safarali Siddiqov. Kasbi tumani

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:20, 08.07.2021.
O'qildi: 6687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.