Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevro-2020. Diyor Imomxo‘jayevning finaloldi mulohazalari

Yevro-2020. Diyor Imomxo‘jayevning finaloldi mulohazalari

Baho:
+ | -

Angliya 55 yil deganda katta musobaqa finalida, inglizlar hech qachon Yevropa chempioni bo‘lishmagan.

G‘alati. Dunyoning eng kuchli va tomoshabop ligasiga ega mamlakat, futbol vatani, tarkibi doim dahshatli edi, ammo har safar omadsizlik. Angliya o‘z chempionati bilangina faxrlanadi. Har shanba-yakshanba o‘sha Yevro yoki mundialdan kam bo‘lmagan futbol uchrashuvlari mamlakatda o‘nlab o‘tkaziladi. Inglizlar milliy terma kuchli bo‘lishi uchun klublar bilan bog‘liq an’analarni buzishmaydi. Asosiy jamoa uchun hech qachon ichki chempionat qurbon qilinmaydi.

Ko‘rinadiki, kuchli chempionat termalar miqyosida doim ham muvaffaqiyat kaliti degani emas, ammo asosiy omil ekanini ham rad eta olmaymiz. Har 20 yilda bo‘lsa ham o‘zini ko‘rsatib turadigan Xorvatiya kabi mamlakatlar bor, ularda ichki chempionat dahshat deyish qiyin, lekin futbol tizimi noto‘g‘ri yo‘lda deyish uchun asos topish ham qiyin.  

Italiya — dahshat. Faqat kuchli chempionat g‘olib bo‘laversa, Angliya hech bo‘lmasa so‘nggi 25 yillikda Italiyaga kun bermasligi kerak edi. Ammo unday emas, A seriya qanday holatda bo‘lmasin, moviy gvardiya natijasi doim Angliyanikidan yaxshi bo‘lgan.  

Italiyada yaqinda ham bir klub sakkiz yillab chempionlikni hech kimga bermayotgandi. Italiyada stadionlar o‘ta zamonaviy emas, aksincha, ancha eski. Italiya bir necha yillardan buyon ikki asosiy himoyachi va bitta yaxshi darvozabonga suyanib keldi, terma murabbiylari ulardan o‘tadigani chiqmayapti deb yig‘lamadi. Bugungi kunda Totti, Badjo, Del Pyero darajasidagi futbolchilarga ega bo‘lmasa-da, Italiya Yevropada o‘rtamiyona deb qaraladigan futbolchilari bilan ham bitta yaxlit musht bo‘la olmoqda.

Ko‘ryapsizmi, fikrlashimiz uchun tayyor shpargalkalar. Italiyada uzoq yillik chempion chindan ham yaxshi ishladi, faqatgina Yuventus marketing, menedjment borasida ingliz, nemis, ispan klublari bilan raqobat qilib turdi. Biroq Yuventusga hech qachon milliy terma jamoa o‘zagi sifatida qarashmadi. Qandaydir Olimpiada yoki mundial sabab top futbolchilar hech qachon sun’iy ravishda Yuventusga olib kelinmadi.

Yaqin 2006 yillarda ham Italiya kelishilgan o‘yinlar, korrupsioner hakamlar-u, futbol arboblariga to‘lib yotgandi. Italiya klublari asosan mafiya tomonidan boshqarildi. Angliya, Ispaniya kabi chempionatlarga borib, dahshat o‘ynagan italiyalik futbolchilarni juda kam ko‘rasiz, asosiy yigitlar doim A seriyada. Biroq bular Italiyani o‘sha 2006 yilda jahon chempioni, 2012 yoki 2021 yilda yilda Yevro finalchisi bo‘lishdan qaytara olmayapti.
 
Nima demoqchiman, gap dunyoqarashda, fikrlashda. Italiya futbolida davlat arboblari-yu, o‘sha mafiyalarning futboldagi yo‘nalishlarida ham baribir aniq prinsiplar, o‘ziga xos raqobatlar mavjud edi. Ular davlatdan qandaydir imtiyoz olish uchungina futboldan vosita sifatida foydalanmagan, ular o‘z futbol klubini o‘sha shahar yoki ma’lum doira an’analarining ko‘zgusi sifatida ko‘rgan. Hukumat yirik korxonalarni futbol klublariga shunchaki biriktirib bermagan. Garchi avtoritet insonlar bilan munosabatlar o‘ta murakkab va nozik bo‘lsa-da, har sohada sog‘lom raqobat uchun kurashilingan, iloji boricha sun’iylikka yo‘l qo‘yilmagan, o‘sha avtoritet kishilar raqobat uchun bir-birini tiyib turgan.    

Biz doim italiyalik murabbiylarga tan beramiz, futbolchilarning sadoqati-yu, maydondagi gladiatorligi havasimizni keltiradi. Ular gapirishni ham, fikrlashni ham, hatto kiyinishni ham qonatib yuboradi. Siz hech qachon biror A seriya klubini, umuman moviy gvardiyachilarni turnirlar oldidan mensimay o‘tib keta olmaymiz, siz ularga doim hurmat bilan qarashga majbursiz. Yaqin o‘tmish futbolchilaridan Konteni olasizmi, Allegri yoki Gattuzo, hech qachon futbolni tamomlashi bilan ishni murabbiylarni o‘qitishdan boshlamagan, aksincha, o‘zi o‘qishga harakat qilgan. Ular biror klubni qabul qilib olganida, shu klub muvaffaqiyati haqida o‘ylagan, klub muvaffaqiyati uchun reglament yoki futboldagi ma’lum me’yorlarni o‘zgartirish uchun ovozining boricha baqirmagan. Italiyada biror klub o‘z futbolchisini boshqasiga shunday berib qo‘ymaydi. Ulardagi g‘urur shu darajadagi, fantastik takliflar bo‘lganida ham Totti yoki Del Pyerolar o‘z klublarini tashlab ketmagan.

Do‘ppini bir chetga qo‘yib fikrlash uchun yaxshi mavzular-a?

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 10:51, 09.07.2021.
O'qildi: 5886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.