Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Yevro-2020 finalida Italiya darvozasiga gol urib, mazkur o‘yindagi hisobni ochdi.
«Manchester Yunayted» vakili bo‘lgan Shou o‘yinning 1 daqiqa-yu 57 soniyasi o‘tib borayotganida gol urdi. Bu Yevropa chempionati finallari tarixidagi eng tezkor gol.
Qolaversa, bu Shouning Angliya terma jamoasi tarkibidagi birinchi goli hisoblanadi.