FIFA Niderlandiyada tashkil etiladigan "Future of Football Cup" yoshlar musobaqasida yangi qoidalarni sinovdan o‘tkazadi. Xususan, quyidagi qoidalar sinab ko‘riladi:
— to‘pni yon chiziqdan oyoq bilan o‘yinga kiritish;
— jarima zarbasini dribling yordamida amalga oshirish;
— cheklanmagan o‘yinchi almashtirishlar;
— sariq kartochka olgan futbolchini besh daqiqaga maydondan chetlatish;
— sof 30 daqiqadan iborat ikkita bo‘lim (o‘yindagi to‘xtalishlar paytida vaqt to‘xtatib qo‘yiladi).
Ushbu sinov musobaqasidan keyin FIFA yangi qoidalarni rasmiy uchrashuvlarga tadbiq etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.