Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

U-18, ayollar birinchiligi va U-16 qizlar chempionatida tanaffus yana davom etadi

U-18, ayollar birinchiligi va U-16 qizlar chempionatida tanaffus yana davom etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat jiddiy nazoratda ekanidan yaxshi xabardorsiz. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL uchrashuvlarda ishtirok etadigan futbolchilar, hakamlar, inspektor va komissar salomatligi masalasida qayg‘urmoqda. 

Shuningdek, pandemiya holatida davlat test imtihonlari abituriyentlar salomatligi yuzasidan ochiq maydonlarda, jumladan, ayrim futbol stadionlarida va uning atrofida o‘tishi rejalashtirgan. Bularning barchasi tabiiyki, futbol uchrashuvlarini tashkil etish masalalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL U-18 chempionati, ayollar Birinchi ligasi hamda qizlar o‘rtasida U-16 chempionati kabi musobaqalarni avgust oyining ikkinchi yarmiga qadar qoldirishga qaror qildi. Umid qilamizki, unga qadar mamlakatimizda vaziyat ancha yaxshilanadi hamda futbol uchrashuvlarini tashkil etish futbol klublari uchun nisbatan yengilroq bo‘ladi. 

Coca-Cola Superliga, Pro liga, ayollar chempionati va mazkur liga klublari o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi musobaqalari davom ettiriladi. Eslatib o‘tamiz, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yil 5 iyul sanasidagi e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazish bo‘yicha qarori asosida O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o‘tkaziladi.

O‘zPFL futbol jamoatchiligi mavjud vaziyatni to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri talqin qilishiga umid bildiradi. Har qanday yangilik biz tomonimizdan o‘z vaqtida rasman e’lon qilinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:33, 27.07.2021.
O'qildi: 2131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик