Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Olimpiadadan joy olmagan futbol «farzandlari» haqida

Olimpiadadan joy olmagan futbol «farzandlari» haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Shu kunlarda davom etayotgan Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida oldin bo‘lmagan yangi sport turlari bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda. Skeytbording, softbol hamda syorfing kabilar shular jumlasidandir. Ular 2021 yilga kelibgina yozgi o‘yinlarda debyut qilmoqda. Shunday bo‘lsada hali ham kelajakda Olimpiada sport turlari oilasiga kiritilishi kerak bo‘lgan turlar mavjud. Futbol olamiga aloqador bo‘lgan sport turlari borki, ularni Olimpiada o‘yinlarida ko‘rish barchaga zavq bag‘ishlagan bo‘lar edi.


H&V. Barchamiz sakrashni yaxshi bilamiz. Aynan mana shundan kelib chiqib yangi sport turi ixtiro qilingan. Uni jahonda «Headers & Volleys» deb atashadi. Unda to‘pni bosh bilan yerga tushirmay harakatlanish kerak bo‘ladi. Shuningdek, unda to‘pga oyoq bilan ham tegish mumkin, ammo buning soni cheklangan. Ikki jamoaga bo‘lingan holda o‘yinlar davom ettiriladi. Qaychi uslubidagi zarbaga ikki ochkodan, baland sakrab, bosh bilan berilgan zarba uchun besh ochkodan beriladi. Shu orqali ko‘p ball yig‘gan jamoa g‘alaba qozonadi.

Futzal. Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi ushbu sport turini 2018 yilgi yoshlar Olimpiadasiga kiritgan edi. Biroq, halihamon yozgi o‘yinlarda bu sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmadi. Nega bunday qilinayotganiga aql bovar qilmaydi. Bu achinarli. Negaki, futzal oddiy futbolga qaraganda qiziqroq va hayajonga to‘la! Futzalda voqealar tezligi hamda o‘yinchilar mahoratiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Shu tomonlari bilan bu sport turi muxlislari soni bo‘yicha dunyoda yetakchi. Afsuski, Olimpiada o‘yinlarida undan darak yo‘q...

Plyaj futboli. Agar xabaringiz bo‘lsa, ma’lum vaqt oralig‘ida FIFA tomonidan plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Ammo ming afsuslar bo‘lsinkim, Olimpiada o‘yinlarida ushbu sportga joy ajratilmagan. O‘tmishda asosan dam oluvchilar tomonidan dengiz bo‘yida o‘ynalgan plyaj futboli o‘yini futbolning butun sayyoradagi eng keng tarqalgan variantlaridan biridir. Ushbu o‘yin asosan dengizga tutash mamlakatlarda sevib o‘ynaladi. Xatto, ayrim nomini eshitmagan sportlar Olimpiadada o‘ynalyotgan bo‘lsa ham milliardlab inson xabari bor o‘yin chegaradan tashqarida qolib ketmoqda.

To‘sinni ko‘zlash. Agar Olimpiada o‘yinlarida kamondan o‘q uzish, nishonni poylash kabi turlar mavjud bo‘lsa, nega to‘p orqali darvoza to‘sinini ko‘zlash ham bu qatorga qo‘shilmagan? Hayron qolarli jihati shundaki, ushbu o‘yinni professional darajada bajarish mumkin. 50, 60 yoki 70 metr masofadan ma’lum vaqt davomida nishonni ko‘zlash eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ushbu sport turini yakkalik va juftlik tarzida ham o‘ynash mumkin. Bir ishtirokchi to‘pni havoda ma’lum balandlikka ko‘tarib bersa, sherigi unga zarba berib, to‘sinni nishonga oladi. Bunda maxsus zarbalar berish orqali qo‘shimcha ball ham beriladi. Asosiy maqsad esa o‘zgarmaydi, to‘sinni ko‘zlash kerak...

Uembli ikkiligi. Ishonavering, bu dunyodagi eng keng o‘ynaladigan futbolning «farzandi» hisoblanadi. Biroq Olimpiada buni ham ro‘yxatga kiritmagan. O‘yin qoidalari juda oddiy. Ikki jamoa ma’lum ishtirokchilardan iborat guruhga bo‘linadi. Bitta darvozabon belgilanadi. Keyin har ikkita tomon ham gol urish uchun harakat qiladi. Bir tomon to‘p bilan yurganida ikkinchi tomon raqibdan uni olib qo‘yishga va golni o‘zlari kiritishga harakat qilishlari talab etiladi. Bunda hujum qilayotgan jamoa darvozadan ma’lum masofada turgan holda zarba berishga harakat qilishi kerak. Eng ko‘p gol urgan tomon g‘alabani nishonlashga haqli bo‘ladi.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:15, 30.07.2021.
O'qildi: 2737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.