Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda «Nasaf» nima uchun yutqazganini aytdi

Ro‘ziqul Berdiyev «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda «Nasaf» nima uchun yutqazganini aytdi

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlar savollariga javob berdi. 

“Futbolda birinchi o‘rinda natija turadi. "Lokomotiv"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ularning bugungi o‘yinga bo‘lgan rejasi amalga oshdi, "Lokomotiv" himoyada yaxshi o‘ynab, qarshi hujumda bizni jazolashdi. Biz esa himoyada qo‘pol xatolar qildik. Oxirgi o‘yinlarda Amonov ko‘p gol urayotgani va yaxshi formada ekanini ta’kidlagandik, lekin uni e’tibordan qochirdik. Man shular bugungi mag‘lubiyatga asosiy sabab bo‘ldi. Biz qancha to‘pni nazorat qilmaylik, yuqorida aytganimdek natija birinchi o‘rinda turadi", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev. 

- "Nasaf" futbolchilari davralar oralig‘ida haddan ziyod yuklama olgandek ko‘rindi. Ya’ni futbolchilar ko‘proq jismoniy yuklamalar olib nazorat uchrashuvlarida o‘g‘ir o‘ynashadi. Bugun “Nasaf” ham shunday taassurot qoldirdi. 

- Bu albatta sizning fikringiz, ammo 90-daqiqadan keyin ham futbolchilarimiz raqibdan ko‘proq yugurayotgandi. Buni amalda ham guvohi bo‘ldinglar.  Oldingi o‘yindan farqi tarkibimizdagi yo‘qotishlar bo‘ldi. Albatda mezbonlarda ham yo‘qotishlar bor edi. Bugungi o‘yinda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilarimiz maydonda harakat qilishmadi. Chap qanot himoyachimiz Sherzod Nasrullayev o‘ynamadi, shu bois Bozorov ham maydonda "yo‘q" edi. Dilshod Saitov har qancha chap qanotda o‘ynashga harakat qilmasin, uning joyi o‘ng qanotda. Akmal Mozgovoyning ham maydon markazidagi o‘rni bilindi. Shu tufayli Markoni orqaroqqa tushirishga majbur bo‘ldik. Turdialiyev esa biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Shu omillar o‘yinimizga ta’sir qildi. 

- O‘yindan oldin Abduxoliqov va Bikmayevning maydonga tushmasligi xabar berildi. Bu sizning rejalaringizga ta’sir qildimi?

- Temurxo‘ja maydonga tushganida uning uchun alohida rejamiz bor edi, ammo Omonov so‘nggi o‘yinlarda Abduxoliqovdan ko‘ra samarali harakat qilmoqda. U oxirgi o‘yinlarda “Paxtakor” va “Istiqlol” jamaolari darvozalariga gol urdi. Biz bu o‘yinlarni ko‘rib, tahlilqilib chiqqandik. Temurxo‘ja bugun maydonga tushgan taqdirda ham unga qarshi rejamiz bor edi.  Bugun ikkala golda ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi golda ham to‘pni orqaga qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydik.  Ikkinchi gol birinchisiga o‘xshab ketadi. Bugun himoyachilarning o‘yinidan qoniqmadim. 3-4 himoyachimiz bor edi, ammo Azizbek ulardan qochib ketdi. Temurxo‘janing qanchalik mahoratli ekanini bilamiz, biroq Amonovning ham oxirgi o‘yinlardagi harakatlari yaxshi chiqmoqda.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 05:59, 31.07.2021.
O'qildi: 5363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.