Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Tokio-2020: Tashkenbayeva koronavirusga chalingani uchun uning o‘rniga Fetisova ishtirok etadi

Tokio-2020: Tashkenbayeva koronavirusga chalingani uchun uning o‘rniga Fetisova ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida delegasiyamiz tarkibida o‘zgarish ro‘y bermoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik dasturida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Sabina Tashkenbayeva o‘rniga Yekaterina Fetisova Olimpiadada qatnashadi.

Afsuski, hozirda yanada avj olayotgan koronavirus Sabina Tashkenbayevani ham chetlab o‘tmadi va gimnastikachimiz Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Tashkenbayeva kvalifikasion Jahon kubogi bosqichlari orqali mazkur Olimpiadaga yo‘llanma olgan edi. Qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi Xalqaro gimnastika federasiyasiga (FIG) bu haqida ma’lum qildi. FIG bunday vaziyatda litsenzion o‘rinda Tashkenbayevadan keyingi o‘rinda turgan gimnastikachiga Tokio-2020 lisenziyasi berilishini ta’kidladi. Ushbu pog‘onadagi koreyalik sportchi ayni paytda yaxshi sport formasida emasligi uchun Olimpiadada ishtirok etolmasligi oydinlashdi.

Lisenzion reytingda undan keyingi pog‘onani boshqa bir vakilimiz Yekaterina Fetisova egallagan. Fetisova yuqori sport formasida turgani uchun Tashkenbayevaning o‘rnini egallaydigan bo‘ldi. Shu tariqa, ertaga bo‘lib o‘tadigan yakkalik bellashuvlarining saralash dasturida Yekaterina Fetisova yurtimiz sharafini himoya qiladi.

“Tokioda Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Bu musobaqalarda O‘zbekiston gimnastika terma jamoasi safida men ham ishtirok etishim kerak edi. Ammo koronavirus meni ham chetlab o‘tmadi va ketish oldidan topshirgan test tahlilim musbat chiqdi. Shu sababli ham men Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmayman. Meni o‘rnimga Olimpiadada Yekaterina Fetisova ishtirok etadi, unga bo‘lajak musobaqada omad tilayman. Biz murabbiyim bilan Olimpiadada ishtirok etish uchun borimizni bergan edik va qiyinchilik bilan yo‘llanma olgandim. Afsuski, unda qatnasha olmaydigan bo‘ldim. Hozir men uchun juda ham qiyin davr. Milliy Olimpiya qo‘mitasi, federasiya mutasaddilari, murabbiylarim va meni qo‘llab turgan boshqa barchaga minnatdorchilik bildirib qolaman”, – dedi Sabina Tashkenbayeva.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mahoratli badiiy gimnastikachimizga tezroq sog‘ayib ketishini tilab qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:35, 06.08.2021.
O'qildi: 2225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.