O‘zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Surxon” – “Mash’al” o‘yini boshqa stadionga ko‘chirildi. Bu haqida O‘zPFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, mazkur uchrashuvga Olmaliq shahridagi OKMK sport majumasida mezbonlik qiladi.
Ushbu shaharda 19-avgust kuni AGMK klubi “Neftchi”ga qarshi uchrashuv o‘tkazishi, ketma-ket ikki kun davomidagi o‘yinlar maydon sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinlini inobatga olib,
“Surxon” — “Mash’al” bahsi 18-avgust sanasida emas, balki 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, deb qo‘shimcha qiladi Professional futbol ligasi rasmiy sayti.