Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" Koutinyoni A Seriya klubiga taklif qildi

"Barsa" Koutinyoni A Seriya klubiga taklif qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinyo o‘ziga yangi klub qidirmoqda, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri - "Lasio".
Rim klubiga futbolchini yozda sotib olish taklif qilingan.

"Rim burgutlari" 29 yoshli futbolchini sotib ololmaydi, shuning uchun ijara shartnomasi tuzilishi mumkin. Shu bilan birga, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachiga maoshining katta qismini to‘lashni davom ettirishi mumkin. Bu yiliga 9 million yevro deganidir.

Sog‘ligidagi muammolar tufayli Koutinyo dekabr oyi oxiridan beri maydonga tushmadi. Uning "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi.

Kiritildi: 15:53, 14.08.2021.
O'qildi: 3678 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.