Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Lukaku: «Men har qanday vaziyatga ham moslashishga qodirman»

Lukaku: «Men har qanday vaziyatga ham moslashishga qodirman»

Baho:
+ | -

Hujumchi Romelu Lukaku «Chelsi»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi. Katta Rom o‘tgan hafta «Inter»ni tark etib, Tomas Tuxel jamoasi safiga qo‘shilgan edi.

Britaniya matbuoti «Chelsi» Lukaku uchun 115 million yevro to‘lagani haqida yozdi. U klub tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylandi.

«Men jamoaga g‘alaba qozonishlariga yordam berishni xohlayman. Tabiiyki, jamoadoshlarim ham o‘zlarini qulay his qilishlarini istayman, shunda ular har qanday vaziyatda ham menga ishonishadi.

Biz Tomas Tuxel bilan juda samimiy suhbatlashdik, u meni jamoaning yetakchisi bo‘lishimni xohlaydi. Endi buning uchun bor mahoratimni ishga solishim kerak.

Menga «Chelsi»dagi tizim yoqadi, men har qanday vaziyatga ham moslashishga qodirman. Bu yerda shunchaki sheriklaringizning kuchli tomonlarini, to‘psiz qanday ishlashlarini bilishingiz kerak», - deya Lukakuning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:27, 17.08.2021.
O'qildi: 1530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик