Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Holandning "Borussiya Dortmund"dagi davri yakuniga yetmoqda(mi?)

Holandning "Borussiya Dortmund"dagi davri yakuniga yetmoqda(mi?)

Baho:
+ | -

Erling Xolandning "Borussiya Dortmund"dagi davri nihoyasiga yetmoqda. Yevropaning bir nechta gigant klublari futbolchini nishonga olishgan, shuning uchun deyarli barcha ommaviy axborot vositalari uning ketishi haqida gapirishmoqda.

To‘g‘ri, norvegiyalikning transferi qachon amalga oshirilishi aniq emas - qishda yoki kelasi yilning yozida. Gap shundaki, avvalroq futbolchining o‘zi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi haqidagi band 2022 yilda kuchga kirishi kerakligi aytilgan edi. Ammo, Marca nashri xabar berishicha, potensial xaridorlar 1 sentyabrdan boshlab Xoland shartnomasidagi kompensasiyadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga asosiy da’vogar "Manchester Yunayted" bo‘lib, u qishda "Real" va "Bavariya"ga raqobat o‘rnatishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchining tovon puli 75 million yevroni tashkil qiladi va nemis klubi Xoland bilan yangi shartnoma imzolashga harakat qilishmoqda.

Kiritildi: 17:01, 21.08.2021.
O'qildi: 10743 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик