Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 00:00 Barselona 1-0 Xetafe
26/09 17:30 Eron 3-4 Marokash
26/09 18:30 Navbahor 0-3 So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo 3-0 Surxon
26/09 20:00 Portugaliya 1-2 Qozog‘iston
26/09 20:00 Argentina - Xorvatiya
26/09 22:00 Las-Palmas 1-1 Betis
26/09 22:00 Espanyol 1-2 Vilyarreal
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK - Lokomotiv
27/09 23:45 Milan - Lechche
28/09 00:00 Valyadolid - Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona

Prevyu. «Atletik Bilbao» – «Barselona»

Prevyu. «Atletik Bilbao» – «Barselona»

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining nisbatan markaziy hisoblangan o‘yinida «Barselona» klubi «Atletik» maydoni – «San Mames» o‘yingohida mehmon bo‘ladi. Garchand Ispaniya grantining maydon va undan tashqarida mavjud muammolari bisyor bo‘lsa ham, klub liga startini omadli boshlay oldi. Ular Messisiz ham maydonda g‘alaba qozona olish mumkinligini isbot qilishdi. Hozir esa jamoa Basklar yurtiga safaridan ham mana shunday yaxshi natija istab, shanba kungi jang uchun tayyor holga kelmoqda. Klub 2021-2022 yilgi mavsumni o‘z uyi, «Nou Kamp»da «Real Sosedad»ni 4-2 hisobida mag‘lub etib, boshladi. Bunda biz Messisi yo‘q «Barsa» imiji haqida biroz bo‘lsada ma’lumotga ega bo‘ldik. Tarkibda klub va dunyo futbolidagi eng yaxshi futbolchi mavjud emasligi, Ronald Kuman shogirdlariga juda katta ta’sir etgan deya olmaymiz.

«Atletik Bilbao»ga keladigan bo‘lsak, yangi mavsum ushbu jamoa uchun unchalik ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Negaki, klub dastlabki turda «Elche» bilan golsiz durangga imzo chekkan. Marselinyo shogirdlari o‘tgan yili La liga turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallgan edi. Yangi mavsumda esa, klub o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan: ular bu mavsum yakunida kuchli oltilikka kirib, Yevrokuboklar yo‘llanmasidan biriga ega chiqish niyatida. Bu maqsad amalga oshishi uchun jamoa mana shu turdan boshlab, garchand raqib kuchli bo‘lsa ham, g‘alaba qozonishi talab etiladi.

Ushbu ikki klub o‘rtasida so‘ngi bahs shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda «Barsa» 2-3 hisobida zafar quchgan, so‘nggi uchinchi gol Messining uzatmasi tufayli urilgan. Quyida har ikki jamoaning yaqin tarixdagi o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlaymiz.

«Barselona» La ligada «Atletik»ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 15 uchrashuvining 12 tasida g‘alaba qozongan. Qolgan ikkitasi durang, bittasi esa mag‘lubiyat bilan yakun topgan. Shu o‘yinlardan oxirgi uchtasini o‘z foydasiga hal qila olgan. 15 ta o‘yinning 9 tasida «Barsa» darvozasi dahlsiz saqlangan. Shuningdek, umumiy 20 ta o‘yinda bitta mag‘lubiyat mavjud bo‘lib, u 2019 yilda yuz bergan. Jamoa tarkibida Bilbao shahri klubiga qarshi eng mahsuldor futbolchilardan biri bu Antuan Grizmanndir. U ushbu jamoa darvozasiga jami 15 ta gol urishda ishtirok etgan bo‘lib, ularning 9 tasi gol, 6 tasi esa golli uzatma sirasiga kiradi. Fransiya terma jamoasi a’zosi bu ko‘rsatkich bo‘yicha liganing qolgan istalgan hujumchisidan yaxshiroq natijaga ega.


Bilbao shahrining «Atletik» klubi kataloniyaliklarga qarshi o‘ta sal’biy statistikaga qayd etib turibdi. Ular La liganing so‘nggi 5 ta o‘yinida ushbu jamoaga qarshi birorta ham g‘alaba qayd eta bilmagan. Ularning to‘rttasida hatto raqib darvozasini ishg‘ol etishni uddalay olmagan. Shuningdek, jamoa «Barselona»ni uzoq yillardan buyon o‘z uyida mag‘lub eta olmayapti. Klub hujumchisi Iker Muniain «Atletik»ning «Barsa» darvozasiga kiritgan so‘nggi olti golining uchtasida bevosita ishtirok etgan. Ularning bittasi gol ikkitasi assistdir.

«Barselona» uchun ehtimoliy tarkib quyidagicha(4-3-3): darvozabon: Neto;
Himoyachilar: Dest, Pike, Garsiya hamda Alba; Yarimhimoyachilar: de Yong, Buskets va Pedri; Hujumchilar: Grizmann, Braytveyt hamda Depay.


«Atletik Bilbao» uchun ehtimoliy tarkib quyidagicha(4-4-2): darvozabon: Agirrezabala; Himoyachilar: Lekue, Alvarez, Martinez hamda Balenziaga; Yarimhimoyachilar: Berenguer, D. Garsiya, Vensedor va Muniain; Hujum chizig‘ida: Uillyams hamda R. Garsiyalar harakat qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletik Bilbao» hamda «Barselona» o‘rtasidagi bahsni Toshkent vaqti bilan soat 00:55dan boshlab, Futbol TV kanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.


Jaloliddin ISMATOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:56, 21.08.2021.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.