Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

«Lokomotiv» murabbiyi tarjimoni: «Mikael Sekeyra — o‘z ishining professori»

«Lokomotiv» murabbiyi tarjimoni: «Mikael Sekeyra — o‘z ishining professori»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Mikael Sekeyraning tarjimoni Abdumajid Nurmuhammedov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Abdumajid aka, «Lokomotiv»ga kelganingiz haqida gapirsangiz. Umuman olganda, siz bunga qadar ham klubda ishlagan ekansiz.
— Hayot shunday ekan, taqdiringiz qayer bilan bog‘lanishini bilib bo‘lmaydi. 2008 yili meni «O‘zbekTurizm» ishga chorladi. Ammo ma’lumotim oliy bo‘lmagani uchun ulardan rad javobini oldim.

Ha, to‘g‘ri, «Lokomotiv»da 13 yil oldin ishlaganman. O‘shanda tarkibda ikki nafar braziliyalik futbolchi bo‘lardi. Ishga kirishdan oldin men hujjat to‘ldirayotganimda qog‘ozda qaysi tillarni bilasiz degan band bor edi. U yerga o‘zbekcha, ruscha va portugal tillarini bilishimni yozdim. Faoliyatim shunday boshlangan.

— Mikael Sekeyraning faoliyatiga qanday baho berasiz?
— Mikael Sekeyra — nafaqat o‘z ishining professionali, balki, professori. Unga shunday ta’rif bera olaman.

— Uning faoliyatidagi qaysi qiziq jihatlarni ajratib ko‘rsata olasiz?
— U chin yurakdan mehnat qilmoqda va futbolchilar bilan doimo ochiq-oydin gaplashishni yaxshi ko‘radi. Aldashni yoqtirmaydi. Futbolchilardan tortib, klub prezidentigacha yaxshi munosabatda. Birovlardan doimo kerakli sifatlarni oladi.

— Mutaxassis boshqa davlatga borsa, avvaliga ushbu mamlakatning madaniyati, urf-odatiga ko‘nika olmaydi. Sekeyraning qanday jihatlarini bilib oldingiz?
— U boshida o‘zbek futboliga o‘rganishga qiynaldi. Har bir mutaxassisga moslashish, u yerning madaniyatini o‘zlashtirish uchun vaqt kerak. Oradan bir necha oy o‘tib, u barchasini tushunib oldi: stadionda shunchaki futbol emas, urush bo‘ladi. Unda faqatgina g‘alaba uchun kurashish kerak.

— Murabbiyning gaplarini tezda tarjima qilish qanchalik darajada qiyin?
— Hozirda bu men uchun qiyin ish emas. U yerda 6 yil yashaganman va ko‘plab insonlar bilan gaplashganim uchun til yod bo‘lib ketgan. Ishni boshlayotganda esa boshida qiynalganman. Chunki futbolning o‘ziga xos terminlari bor. Ularni tushunib olgandan keyin nafaqat gapirish, balki, murabbiyni ham tezda tushunib olaman.

— Ko‘plab odamlar rus, ingliz va koreys tillarini o‘rganishni istashadi. Siz nima uchun aynan portugal tilini tanlagansiz?
— 2002 yili taqdir meni Portugaliya bilan yuzlashtirdi. Albatta, u davlatning tilini bilmasdan yashab bo‘lmaydi. U yerga pul topish va ukamning kontraktiga pul to‘lash uchun ishlashga bordim. U yerdagi do‘stlarim orqali men til o‘rganishni boshladim va 2 yil ichida tilni butunlay o‘zlashtirib oldim. Do‘stlarim portugal tili kursiga borishni tavsiya qilishdi va kursdan muvaffaqiyatli o‘tdim. Ushbu tilni bilishimdan xursandman va doimo foydali bo‘lmoqda.

— Nechta tilni bilasiz?
— O‘zbek tilidan tashqari rus va portugal tillarini. Inglizchada gaplashishga qiynalaman, ammo to‘liq tushunaman.

— Qaysi futbolchilarni tilshunos desa bo‘ladi?
— To‘g‘risi bilmayman. Bir necha futbolchilar ingliz tilini tushunadi va gapira oladi. Aytishim mumkinki, ularning deyarli barchasi portugal tilini tushuna boshladi.

— Jamoa ayni damda turnir jadvalida o‘rta pog‘onalarda va uchinchi o‘rin bilan farq katta emas. Jamoaning sovrinli o‘rinlar uchun kurashi borasida nima deya olasiz?
— Hozircha bu borada o‘ylamayapmiz. Biz uchun har bir bahs finalga teng. Agarda taqdirimizda yozilgan bo‘lsa, barchasini ko‘ramiz.

— Muxlislarga tilaklaringiz.
— Muxlislar jamoani qo‘llashda davom etishsin, stadionimiz g‘alabali onlarga to‘la bo‘lishini istayman!

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:34, 04.09.2021.
O'qildi: 2781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик