Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Shavkat Mirziyoyev yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabr, juma kuni Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarining o‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Davlat rahbari o‘z nutqi boshida sportchilarni ulkan g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi.

«Hammamiz olis Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan o‘n oltinchi paralimpiya o‘yinlarini katta hayajon va cheksiz faxr bilan kuzatib bordik. Barchangizga ma’lum, bu gal terma jamoamiz 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ana shu qimmatli 19 ta medalning 11 tasi shijoatli sportchi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgani, tariximizda misli ko‘rilmagan voqeadir.

Mamlakatimiz terma jamoasi 160 dan ziyod davlatlar o‘rtasida o‘n oltinchi, Osiyo qit’asida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida to‘rtinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinni egalladi.

Yapon zaminida g‘olib o‘g‘il-qizlarimiz sharafiga har gal madhiyamiz yangrab, vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilganida qalblarimiz cheksiz iftixorga to‘ldi. Bugungi quvonchli kunda sizlarning har biringiz haqida har qancha to‘lqinlanib, g‘ururlanib gapirsak, arziydi», — dedi Prezident.

Kiritildi: 17:09, 10.09.2021.
O'qildi: 1906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик