Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Chelsi»ning muvaffaqiyatli transfer siyosati siri nimada?

«Chelsi»ning muvaffaqiyatli transfer siyosati siri nimada?

Baho:
+ | -

“Chelsi”ning transferlarni yuritish menejmentiga doim tan beraman. Misol uchun, yozda Romelu Lukakuning rekord transferi, bir qaraganda “Chelsi” uchun ideal mos tushishi mumkin bo‘lgan Saulning kelishi bilan ham, klub bozordan plyus bilan chiqdi. Chunki klub uchun ortiqcha bo‘lgan Zuma, Zappakosta, Emerson, Abraxam, Jiru, Mozes, Tomori kabi futbolchilar yaxshigina pulga sotildi. Xo‘sh, nega boshqa klublarda bu jarayon u qadar samarali emas?

Masalan, “Chelsi” hozirda Ryudiger bilan yangi shartnoma ustida munozara o‘tkazyapti va aytilishicha, juda og‘ir o‘tyapti. Sababi, himoyachi Lukaku, Kante darajasida maosh talab qilmoqda, “Chelsi” esa, buni istamaydi. Bir tarafdan, hozirda otning ustida bo‘lgan Tuxel sxemasi uchun ideal tushayotgan Ryudigerning “og‘ziga siqqanini” berish kerakmasmi? Ha, boshqa klub, masalan “Manchester Yunayted” shu ishni qilgan bo‘lardi.

Ammo boshqa tarafdan, Ryudiger ma’lum sxema va uslub ostida ideal futbolchi xolos, aytaylik, 2 markaziy himoyachili variantda bu qadar foydali bo‘lmaydi. Ertaga Tuxel boshqa sxemaga o‘tishi yoki umuman iste’foga chiqishi mumkin, u holda Ryudigerni bunday katta maoshi bilan nima qilamiz?

“Chelsi”da murabbiyning istaklariga quloq tutilsa-da, har bir vaziyat mana shunday chuqur tahlil bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, jamoa tarkibi ancha moslashuvchan, murabbiylar tez-tez almashib tursa-da, hech qachon ortiqcha “ballast” yoki yaqqol yetishmovchilik sezilmaydi.  Fergyuson davrida yagona menejer shaxsga bog‘liq holda ishlashga o‘rganib qolgan “Yunayted”  texnik bo‘limi esa, mustaqil ravishda samarali bo‘la olishmaydi. Lui van Gaal bo‘ladimi, Mourinyomi yoki Sulsher, moliyaviy sarmoya bu murabbiylarning istagi yoki ishonchi ustidagina qurilishi doim pand berib keladi. Fergyusonning muvaffaqiyatli yillarida bu bilinmas, ammo hozir transfer bozorida raqobat qilish uchun top klubga ham yaxshi sotishlar kerak bo‘ladi.

Mana shu tomondan, Fil Jons, Erik Bayi, Lingard, Perreyra kabi futbolchilar bilan yangi shartnomalar tuzilgani tushunarsiz bo‘lib qolaveradi. Hozirda har o‘yinda hatto 30 daqiqa vaqt topib berish qiyin bo‘lgan Antoni Marsiyal APL da eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar o‘ntaligiga kiradi, aslida u allaqachon sotib yuborilishi kerak edi. Bunday maosh bilan sotish oson emas. Lukakuning kelishi hozirda xaridorgir bo‘lib turgan Abrahamning sotilishiga olib keldi, hech kim uning tarbiyalanuvchi ekani, kelajakda (balkim) yulduz bo‘lib ketishi bilan qiziqib o‘tirmadi.

Yana bir misol, “Chelsi”da an’ana bor – 30 yosh atrofidagi futbolchilarga faqat bir yilga shartnoma taklif qilinadi. Ayrim istisnolardan tashqari. Futbolchi har qancha foydali bo‘lmasin, bu tizim klubning umumiy manfaatlari uchun juda mos. Esingizda bo‘lsa, 4 yil oldin Nemanya Matich “Chelsi”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Bir yillik shartnomaga rozi bo‘lmagan serbiyalik futbolchi “MYU”ga rozi bo‘ldi va “Chelsi” uni yaxshi narxga pulladi. Ilk mavsum o‘yinlarida Matich juda zo‘r o‘yin ko‘rsatayotganda hamma kuldi – “Chelsi” nega asosiy raqibiga Matichni sotdi? Uning o‘zi muhtojku bunday futbolchiga?

Ammo Matich yildan yilga tabiiy ravishda pasayib bormoqda, hozir “Yunayted” 33 yoshli futbolchiga ishonishga majbur, “Chelsi”da esa, bu chiziqda ancha yosh va yaxshiroq formada bo‘lgan Kante, Jorjinyo va Kovachich bor. “Yunayted” Matichni bu maoshi va yoshi bilan pullay olmaydi, “Chelsi” esa, sanalgan futbolchilarning har birini kamida 30-40 millionga sota oladi.  

Bunday siyosat ba’zida Muhammad Saloh yoki Kevin De Bryuyneni qo‘ldan chiqarib yuborishi mumkin, lekin pasayish-tushishlar, murabbiylar iste’fosi kabi xodisalar ichida ham “Chelsi” so‘nggi 10 yilda sovrin yutish bo‘yicha Angliyaning eng yaxshi ikki klubidan biri bo‘lib qolayotgani har qanday afsuslarni yopib ketadi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 07:09, 17.09.2021.
O'qildi: 4795 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.