Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

YECHL. «Real»ga qaytgan Anchelotti klubni yana taxtga qaytara oladimi?

YECHL. «Real»ga qaytgan Anchelotti klubni yana taxtga qaytara oladimi?

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasining eng ko‘p yutgan «Real» haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etamiz.

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 2

Qanday yetib kelishdi: Ispaniya chempionatida 2-o‘rin

O‘tgan mavsum: yarim final (mag‘lubiyat, umumiy 1:3 «Chelsi»)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi natija: g‘olib (1955/56, 1956/57, 1957/58, 1958/59, 1959/60, 1965/66, 1997/98, 1999/2000, 2001/02, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18)

 

Bosh murabbiy: Karlo Anchelotti

2014 yilda Madrid klubiga Chempionlar Ligasidagi 10-sovrinni olib bergan inson qaytdi va klubdagi ikkinchi davrini o‘tkazishni boshladi. U ushbu musobaqada (ya’ni Yevropa kubogi/CHempionlar Ligasi) uch marotaba g‘olib bo‘lgan uchta murabbiydan biri hisoblanadi. Shunday ekan, italiyalik mutaxassisning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Asosiy o‘yinchi: Tibo Kurtua

2018 yilda «Chelsi»dan «qaymoqranglilar» safiga qo‘shilganidan beri yuqori darajada o‘yin namoyish etayotgan yulduz, Belgiyaning asosiy darvozaboni madridliklar bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Bundan tashqari, Ronaldu ketganidan keyin jamoa to‘purariga aylangan Karim Benzemadan ham bu mavsumda yuqori samaradorlik kutilishini, o‘zining La Ligadagi dastlabki o‘yinlarining o‘zida isbotlab bo‘ldi.

Yozgi eng katta xaridi: David Alaba

«Bavariya»ning sobiq futbolchisini Yevropa o‘yinlari ishqibozlari uchun biroz tanishtirishdan boshlasak. Undan PSJga yo‘l olgan Serxio Ramosning himoyadagi o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda. Allaqachon 10 Bundesliga sovrini va ikki marta Chempionlar Ligasi sohibi bo‘lgan ko‘p funsksiyali Alabaning mavqei bor albatta.

Bundan tashqari, Fransiya chempioni bo‘lgan Eduardo Kamavinga «Lill» safidan «Real»ga kelib qo‘shilganidan xabardorsiz.

O‘yinini ko‘rish kerak: Vinisius Junior

Braziliyalik forvardning Madridda borgan sari obro‘si oshib bormoqda. Futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy olishi bilan birga, o‘zining yorqin o‘yinlari orqali barqarorlikni ham oshirib olayyotganini ko‘rmoqdamiz. Uning o‘tgan mavsum YECHL chorak final dastlabki uchrashuvda «Liverpul» darvozasiga yo‘llagan ikki to‘pi qanday darajada ekanligini namoyish etgandi.

Bilasizmi?

«Real» Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida hech qachon qolib ketmagan va har safar pley-offga yo‘l olishni uddalagan.

Joriy mavsum Madrid klubi bilan bir guruhdan «Inter», «Shaxtyor» va «Sheriff» (Moldova) jamoalari joy olishgan. Birinchi turda «Inter»ga safar qilib 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan Florentino Peres jamoasi kelayotgan haftada Jasur Yaxshiboyev to‘p surayotgan va «Shaxtyor»ni ilk turda mag‘lub eta olgan (2:0) «Sheriff»ni qabul qiladi. Bahs 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 17:15, 24.09.2021.
O'qildi: 4694 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.