Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo‘lmadi"

Aleksandr Xomyakov: "Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" — "Mash’al" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoam mag‘lub bo‘lganiga qaramasdan, o‘z o‘yinini ko‘rsata oldi. Biz esa oldinga qarab harakat qilishda davom etishimiz kerak. Mag‘lubiyat alamli albatta. So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborish og‘ir zarba bo‘lishi tabiiy. O‘tkazib yuborilgan gollarni hisobga olmaganda o‘z jarima maydonchamiz atrofida yaxshi himoyalana oldik. To‘p nazoratini qo‘lga olishimiz kerakligini aytgandim. Lekin xatoga yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda hammasi adolatli. Bugun omad ham, VAR ham biz tomonda bo‘lmadi. Ko‘p kuch sarfladik. Biroq samarasiz",— deydi Aleksandr Xomyakov.

— Bugungi o‘yindagi VARni qanday baholaysiz?
— Futbol tezlashmoqda. Shu bois inson ko‘zi bilan ham ilg‘ay olmay qolmoqda. Shuning uchun ham VAR kerak. Inson faktori degan narsa bor. Aytganimdek to‘pni nazorat qilish bizga yetishmadi. O‘yinni to‘liq o‘z jarima maydonchamiz atrofida o‘tkazdik. Ko‘p vaziyatlar bo‘lmadi. Qarshi hujumlardagi kam sonli imkoniyatlardan foydalana olmadik.

— "Mash’al" bu yil "Lokomotiv" stadionida ikki marta o‘ynab, ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu maydonda jamoaga nima yetishmayapti?
— Bitta bahsni "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazdik va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldik. So‘nggi daqiqalarda penaltini golga aylantirganimizda hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. To‘p darvoza to‘siniga tegdi. Bizdan keyin "Nasaf" shu maydonda o‘ynadi. Ular ham to‘pni darvoza ustuniga nishonga oldi. Ko‘ryapsizmi? Futbolda omad juda muhim axamiyat kasb etadi. Qarshi hujumda gol ur va hammasi boshqa tomonga o‘zgarib ketadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:56, 27.09.2021.
O'qildi: 1951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.