Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

"Rossonerilar" "matraschilar"ga qarshi: "Milan" - "Atletiko" (prevyu)

"Rossonerilar" "matraschilar"ga qarshi: "Milan" - "Atletiko" (prevyu)

Baho:
+ | -

Musobaqa: UYEFA Chempionlar Ligasi(guruh bosqichi)
O‘yin vaqti: 2021 yil, 28 sentyabr, seshanba
O‘tkazilish joyi: Italiya, Milan, "San-Siro" o‘yingohi
Bosh hakam: Junayd Chaqir(Turkiya)
O‘yin starti: mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 00:00)

Italiyaning boy tarixga ega bo‘lgan "Milan" klubi seshanba kuni oqshom so‘nggi yetti yil ichida ilk marotaba o‘z uyida YECHL bahsiga mezbonlik qiladi. Turning ikkinchi bahsi "Atletiko" bilan o‘tkazilishi belgilangan. Milanliklar ushbu uchrashuvga ichki chempionatning 6 turida 5 ta g‘alaba bilan yetib keldi. Ammo "Liverpul"ga qarshi ilk turda mehmonda jamoa mag‘lub bo‘lgan edi. "Milan" ustozi Stefano Pioli o‘yindan oldingi matbuot anjumanida o‘z shogirdlari va Yevropada top sanalgan klublar orasida ancha farq borligiga to‘xtalib o‘tgandi.

"Milan" haqida

"Milan" avval aytilganidek, ichki chempionatda ketma-ket g‘alaba qozonmoqda. So‘nggi turda ular "Spesiya"ga qarshi iroda ko‘rsatib 2-1 hisobida o‘yinni yutib ketgan edi. "Atletiko"ga qarshi o‘yinda Zlatan Ibraximovich, Tyemue Bakayoko va Reyd Krunichlar jarohatlari sabab qatnasha olmasligi aytilgan. Oldinroq jarohatlanganlar ro‘yxatida bo‘lgan Simon Kyer hamda Alessandro Florenzilar kecha jamoa bilan mashg‘ulot o‘tagan. Shuningdek, safga Davide Kalabriya va Olivye Jirular ham qaytgani aytilmoqda. Xabarlarga qaraganda, Pioli Mayk Menyanni darvoza uchun asosiy variant sifatida tanlaydi. Kalabriya hamda Kyayerlarning qaytishi esa himoyani Tomori va Ernandezlar bilan mustahkamlanishini ta’minlaydi. Sandro Tonali hamda Frenk Kessi orqaroqda, Salemakers, Braim Dias hamda Rafayel Leaolar hujumkorlikni ta’minlovchi futbolchilar sifatida ko‘riladi. Hujumda 100 foiz tayyor bo‘lmagani uchun Jiru o‘rniga Ante Rebich belgilangan.

"Atletiko" haqida

Yuqorida aytib o‘tilganidek, "Atletiko Madrid" jamoasi o‘tgan mavsumda tarixidagi 11 chempionlikni nishonladi. Ular turnir jadvalida mavsum davomida 26 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat hamda 8 ta durang bilan o‘zining ashaddiy raqibi bo‘lgan "Real"ni 2 ochkoga ortda qoldirishni udda qilishdi. Shunga qaramay "matraschilar" uchun yangi mavsum kutilganidek boshlanmadi. Xususan, YECHL birinchu turida "Portu" bilan durangga imzo chekishdi. Baribir "Atletiko" katta tajriba egasi va istalgan paytda o‘z darajasi bilan ko‘rinish bera oladi. Klub markaziy himoyachisi Stefan Savichning Yevrokuboklar uchun qo‘llanilgan disvalifikasiyasi hali yakunlanmagan. Shu sabab bugungi o‘yinda ko‘p ehtimol uning o‘rnini Xose Ximenez egallaydi. Simyone bu mavsumda uchtalik emas, balki to‘rttalik himoyachi strategiyasidan foydalanmoqda.
Jamoaning asosiy futbolchisi Toma Lemar 2 haftalik jarohatini tuzatib, yana safga qaytgan. Hujumchi Joao Felishda jarohat yo‘q edi, ammo unda ham disvalikfikasiya borligi sabab so‘nggi ikkita La liga bahsida jamoasiga yordam bera olmagan.

Bu juftlik Yevropada o‘ziga yarasha massaga ega bo‘lgan jamoalardan iborat. Ispaniya vakili italiyaliklardan natija borasida ustun sanaladi. Negaki, "matraschilar" Italiya klublariga qarshi ijobiy statistikaga ega. Xususan, "Milan"ga qarshi ham. Ikki tomon oxirgi marta 2013-2014 yilgi mavsumda, YECHL nimchorak finalida to‘qnash kelishgan. O‘shanda Diyego Simyone shogirdlari o‘z uyida 4-1, mehmonda esa Kostaning goli evaziga, umumiy hisobda 5-1 bilan "rossonerilar"ni yanchib tashlagan. Aynan ana shu bahs "Milan"ning YECHLdagi so‘nggi chiqishi bo‘lgandi. Bugungi to‘qnashuvda milanliklar o‘ch olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishadi.

Tahminiy tarkiblar:

"Milan" uchun:
Darvozada: Mayk Menyan;
Himoyada: Kalabriya, Kyer(Romanyoli), Tomori, Ernandez;
Tayanch y,h: Tonali, Kessi;
Hujumkor y,h: Salemakers, Diaz, Leao;
Hujumda: Rebich(Jiru). (4-2-3-1)


"Atletiko" uchun:
Darvozada: Yan Oblak;
Himoyada: Trippyer, Ximenez, Ermoso, Lodi;
Yarim himoyada: Lyorente, Kondogbia, Koke, Karrasko
Hujumda: Korrea, Suares. (4-4-2)

Ushbu bahsni bugun soat 23:50dan boshlab, MTRK tarkibidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:36, 28.09.2021.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.