Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik"

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga 21-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" – "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matubot anjumanining ikkkinchi qismida jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

"Avvalambor, bugungi bayram bilan barcha ustoz va murabbiylarni tabriklayman. Shu qatorda mening birinchi ustozim Bahrom Hakimovni ham bugungi ayyom bilan qutlayman. Shuningdek, murabbiylik sohasidagi ustozlarim Mirjalol Qosimov, Aleksandr Volkov, Tachmurod Agamurodov va barcha ustozlarimni tabriklayman. Bugungi g‘alaba yigitlar tomonidan bizga sovg‘a bo‘ldi, deyishim mumkin. O‘yin muxlislar kutganidek shiddatli bo‘ldi. Biz “Paxtakor”ni katta xohish, ishtiyoq va oxirigacha kurashish hisobiga yutishimiz mumkinligi bilardik va ular bu vazifani to‘liq bajarishdi. Bugun chempionatdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Bugun haqqoniy g‘alabaga erishdik. Rahbariyat va muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Hisob tenglashgach, o‘yinda burilish bo‘lishi mumkin edi. Lekin yigitlar o‘zlarida kuch topa olishdi va ikkita gol kiritib, muhim g‘alabaga erishishdi. Buning uchun futbolchilarga rahmat aytgan bo‘lardim. Shuningdek, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

4-2 hisobida g‘alaba qozonganingda hakamlik haqida gapirish manimcha noto‘g‘ri bo‘ladi. Bugun hakam qaysidir jamoaga yon bosdi, demagan bo‘lardim. O‘yin tempiga hakamlik mos bo‘ldi. Ikki jamoa ishtirokida chiroyili o‘yin bo‘ldi. Shunday o‘yin uchun raqiblarimizga ham rahmat aytaman va keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman.

Uchrashuv oldidan shogirdlarimga bugun tarixiy g‘alabaga erishimiz mumkinligini ta’kidlagan edik. Chunki Qo‘qon jamoasi O‘zbekiston chempionatlarida "Paxtakor"ni oxirgi marta bundan 18 yil oldin yutgan ekan. Juda ham muhim o‘yin edi.

Tarkib borasida qaraydigan bo‘lsak, hozirgi o‘rnimiz bizga mos emas. Shunday ekan qolgan bahslarda jangovar o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. “Andijon” va “Mash’al”ga qarshi bahslarda yo‘qotilgan ochkolarni o‘rini qoplashimiz kerak edi. Bugun buning uddasidan chiqdik.

Bugun tarkib tanlashda ham adashmabmiz. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirgan futbolchilarimiz ham, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilarimiz ham juda yaxshi saviyadagi futbol namoyish qilishdi. Bugun qaysidir futbolchimizni maydonga tushirolmagan bo‘lsam ulardan uzr so‘rayman. Shohnazar Norbekovni 2-bo‘limda almashtirmoqchi edik. Biroq Norbekov bugungi o‘yinda juda katta hajmdagi ishni bajarib berdi. U o‘yin oxirigacha raqib himoyachilarini katta tahlikada ushlab turdi. Bekmurodov hali jarohatidan to‘liq qutilmagan bo‘lsada bugun bizga katta yordam berdi. Jamoamiz yetakchilari Murod Holmuhammedov hamda Aleksandr Merzlyakovning maydonga qaytganligi ham bizni xursand qildi. Xolmuhammedov maydonda haqiqiy yetakchilarga xos harakat qildi. Ayniqsa standart vaziyatlarda Murodjonni foydasi katta tegadi", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 07:00, 02.10.2021.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.