Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Sarri: «Bu futbol emas, shou»

Sarri: «Bu futbol emas, shou»

Baho:
+ | -

«Lasio» bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoaning yuzagan kelgan taqvimidan noroziligini bildirdi.

«Biz ikki hafta davomida kam sonli futbolchilar bilan ishladik. Jamoaning holatini baholash qiyin.

Afsuski, zamonaviy futbol shunday. Balki menga shunday tuyulayotgandir, chunki men shunchaki murabbiyman.

Biroq o‘tgan 19 kunda 7 ta o‘yin o‘tkazdik. Futbolchilar «Lasio»dan ko‘ra ko‘proq terma jamoalar uchun mashg‘ulot o‘tkazishmoqda.

Bizda uchrashuvlar oldidan 4-5 kun davomida mashg‘ulot o‘tkazish uchun imkoniyati mavjud emas. Bu endi futbol emas, balki iloji boricha ko‘proq pul ishlashga urinayotgan shou.

Men keksa odamman va umuman boshqa futbolga o‘rganib qolganman», - deydi Sarri.

Bugun «Lasio» A Seriyaning 8-turida «Inter» bilan o‘ynaydi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Kiritildi: 12:45, 16.10.2021.
O'qildi: 2378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик