"PSJ" darvozaboni Keylor Navas Chempionlar ligasi guruh bosqichining "Leypsig"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin, deya xabar berdi Fransiyaning "L'Equipe" nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli darvozabon Kosta-Rika terma jamoasi safidagi mashg‘ulotlaridan birida jarohat olgan. Shundan so‘ng, posbon parijliklarning Fransiya chempionatidagi "Anje"ga qarshi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi (3:2).
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "PSJ" - "Leipsig" uchrashuvi 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.