Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Chexning fishkasi aylangan kaska. U qanday paydo bo‘lgan?

Chexning fishkasi aylangan kaska. U qanday paydo bo‘lgan?

Baho:
+ | -

Yaqinda 14 oktabr, payshanba kuni «Chelsi» va «Arsenal» klublarining sobiq  darvozaboni Petr Chexning faoliyatida burilish nuqtaga sabab bo‘lgan  baxtsiz uchrashuvga 15 yil to‘ldi.

Chexiyalik darvozabonning «Chelsi»dagi ajabtovur hikoyasi 2004 yilning yozida London klubiga «Renn»dan 7 mln funt evaziga ko‘chib kelganida boshlangan edi. O‘sha paytda Chex «ko‘klar» tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylangan. Karlo Kuditsinining mavsum oldidan olgan jarohati Chexni "Chelsi"da Joze Mourinyoning birinchi raqamli posboniga aylantirdi, so‘ngra ketma-ket ikkita chempionlik va 2005 yilgi «Oltin qo‘lqop» sovrinlari ham Chexga nasib etdi. U Premyer-ligadagi birinchi mavsumida 21 ta quruq o‘yin namoyish etdi, biroq...

Biroq 2006 yil 14 oktyabrgacha hammasi yaxshi ketayotgan edi.

«Chelsi» APL navbatdagi turi doirasida «Reding» bilan to‘qnash keladi. Uchrashuvning naq 17-soniyasidayoq dahshatli voqea yuz berdi. Chex jarima maydoniga uzoqdan uzatilgan zarbani ushlab qolish uchun to‘pga sakraydi. To‘pni birinchi bo‘lib tepadi ham. Ammo mezbonlar yarimhimoyachisi Stiven Xant to‘pga otilishda o‘zini ushlab qola olmay darvozabonni tizzasi bilan boshiga zarba berib yuboradi. Avvaliga hamma narsa oddiy to‘qnashuvga o‘xshardi, lekin keyinchalik ma’lum bo‘lishicha bu ancha jiddiy tus olgan. Jarohat darvozabonga nafaqat karyerasi, balki hayotini ham yo‘qotishiga sabab bo‘lishiga bir bahya qolgan.

Kuchli to‘qnashuvdan so‘ng Chex maysada deyarli harakatsiz yotardi va shifokorlar maydonga chiqib, unga birinchi yordam ko‘rsatishni boshladilar. Hakam Mayk Rayli darvozabondan maydonni tark etishni so‘radi, bu esa «Chelsi» muxlislarining g‘azabiga sabab bo‘ldi. Chunki chalajon Peter maydonni tiz cho‘kkanicha, to‘rt oyoqlab tark etdi. Bemorni zambilda stend ostidagi xonaga olib kirib ketishdi va Kuditsi londonliklar darvozasi postida paydo bo‘ldi.

Shundan so‘ng Mourinyo g‘azab o‘tiga mindi: «O‘yinchi ataylab tizzasini chiqarib hujumga o‘tgan, u Chexning yuziga ataylab tegdi. Bu harakat baribir qizil kartochkaga loyiq». Buni «Chelsi» mahalliy shifokorlaridan biri shunday yodga oladi: «Bu dahshatli voqelik. Kimdir menga nima uchun darvozabonim tez yordam mashinasini 30 daqiqa kutishi kerakligini tushuntirib bera oladimi?» Ha bu ayni haqiqat. Ular Chexni yechinish xonasidan tik holatda olib ketisholmadi. Posbon nogironlar aravachasida ketishga majbur bo‘ldi.
Unga shifokorlar miya chayqalishi va bosh suyagining sinishi tashxisini qo‘yadilar. Shundan so‘ng Peter zudlik bilan neyroxirurgiya bo‘limida operasiya qilindi.

Shifokorlarning prognozlariga ko‘ra, Chex kamida bir yildan so‘ng o‘z vazifasiga qaytishi mumkin edi, lekin darvozabon boshi qattiq og‘riganiga qaramay, o‘zida kuch topdi va uch oydan sal ko‘proq vaqt o‘tib maydonga qaytdi. U keyinchalik voqeani shunday eslaydi: «Qaytishim mumkinligini hech kim bilmas edi. Ko‘p savollar yig‘ildi, bir necha  javoblar mavjud. Faoliyatimning oxiriga tayyorgarlik ko‘rishim mumkin. Bu meni ko‘p hodisalarga boshqacha yondashishga majbur qiladi. "A" rejasi oddiy edi: qaytish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilish. Bu mening maqsadim, lekin "B" rejasi ham bor edi: agar men qaytolmasam, eng yomon holatlarga, azoblarga tayyor turish. Shundan keyin men kaska kiyishga majbur bo‘ldim. Mashg‘ulotlarga qaytganimdan bir necha kun o‘tgach, Mourinyo mendan ahvolimni so‘radi. Agar tayyor bo‘lmasam dam olishim mumkin. Lekin men jarohat olganimdan 105 kun o‘tib maydonga qaytdim, o‘zimda kuch topa oldim».

Chex «Chelsi» darvozasini 2007 yil 20 yanvardan qo‘riqlashni boshlagan. Angliya Premyer-ligasining «Liverpul» bilan o‘yinida (0:2) u redebyutini amalga oshiradi. Lekin o‘shandan beri Chex maydonda faqat maxsus himoya kaskasida paydo bo‘ldi. Bu uni takroriy jarohatlardan himoya qildi.

Biroq bu holat unga faoliyatida salbiy to‘siqlarga sabab bo‘lmadi.  Kelajakda Chex «Chelsi» bilan yana ikkita chempionlikni qo‘lga kiritadi, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘olib bo‘ladi va faoliyatini Londonning boshqa klubi - «Arsenal»da davom ettirishga qaror qildi. Keyinchalik yana «aristokratlar» safiga qaytadi va hozirda o‘zini xokkeyda sinab ko‘rmoqda. Himoya kaskasi esa darvozabonning o‘ziga xos belgisiga aylandi va uning hayotini o‘zgartirgan uchrashuvni esga solib turadi.

Kiritildi: 08:00, 20.10.2021.
O'qildi: 2546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.