Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ronaldumi yoki Saloh?

Ronaldumi yoki Saloh?

Baho:
+ | -

Angliya futbolida "Manchester Yunayted" va "Liverpul" orasidan holis muxlis uchun birini tanlab olish mushkul. Negaki, har ikki gigant klub ham katta tarixga ega. Ayni paytga kelib esa, har ikki tomonda dunyoning eng kuchli hujumchilari to‘p surmoqda. Bular Ronaldu va Salohdir. Har ikkisi dunyoning eng yaxshilari qatorida ye’tirof etiladi. Ammo ikkisidan qay biri yaxshiroq? Quyida ikki futbolchini solishtirishga harakat qilamiz.

Sovrinlar yutish

Sovrin yutish futbolda hamma narsani anglatmaydi. Ammo ushbu futbolchilar sovrinlarini hisoblashdan oldin, ularning individual qobiliyatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham sovrin yutish borasida Saloh Ronalduning yoniga yo‘lay olmaydi. Portugaliyalik Angliya, Ispaniya va Italiyada bir necha bor chempionlik unvonlarini qo‘lgan kiritgan. Qolaversa, Ronaldu beshta yevrokuboklar egasi. Yevropa sahnida esa bunday natijaga faqat "Real" afsonasi Pako Xento erishgan, xolos. Krishtianu 2016 yilda terma jamoasi bilan birga qit’a chempioni bo‘lgan. Buni ham unutmasligimiz lozim. Bunda o‘tmishda qo‘lga kiritilgan "Oltin to‘p"lar va boshqa shaxsiy sovrinlarni keltirib o‘tirishni foydasi yuq. Negaki, tepadagilarning o‘zi Salohning taslimiyati uchun yetarli bo‘ldi. Taqqoslanganda, Salohning sovrinlar juda oz ko‘rinar, ammo uning qadri yuksak va kerakli paytda erishilgan yutuqlardir.

Dribling

Ronaldu o‘smirlik paytidayoq o‘z driblingi ustida qattiq ishlagan. To‘p bilan muomalaning yuqori cho‘qqisiga erishgach esa, bundan biroz chekindi. Vinger fintlar, og‘ishmalar va kuchli quvvat bilan hamohanglik kasb etardi. O‘sha davrda yakkama yakka kurashlarda unga teng keladigani bo‘lmagan. Futbolchi sifatida rivojlanib borgani sari Ronaldu mahsuldorlikni afzal ko‘ra boshladi. U endilikda juda kerak bo‘lib qolsagina, birga-bir holatlarda dribling va fint qo‘llaydi, xolos.
Bu borada Saloh butun faoliyati davomida raqiblarni o‘ziga jalb qilish, ortda qoldirish, ularni aldab o‘tish va ayniqsa, sprinterlikda aql-bovar qilmas tezlikka ega bo‘lgan. Uning yaqindagina "Man Siti" va "Uotford"ga qarshi bergan zarbalari buni yaqqol isbotidir. Shuning uchun bu borada Salohning imkoniyatlarini yuqori baholaymiz.

Vaziyatni yakunlash

Raqib darvozasi oldidagi vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlashda har ikki hujumchi ham tengsizdir. Ular hozirda bu borada xuddi dinamit kabi xususiyatga ega. Ularni APL "Oltin butsa"si uchun nomzodlar safida ko‘rish hech kimni hayron qoldirmagan bo‘lardi. Savol esa yana o‘sha-o‘sha: qay biri yaxshiroq?
Saloh o‘zining Angliyadagi debyut mavsumidayoq barcha uchrashuvlarda maydonga tushirilgan va 32 ta gol bilan mavsumni yakunlagan edi. Mutlaqo ajoyib natija! Shu bilan bir qatorda Ronalduning goleadorlik qobiliyatini yuqori baholashga majburmiz. Negaki, u bir necha mavsumlar davomida 40+ ko‘rsatkichga erishgan yagona hujumchi. Uning eng cho‘qqiga chiqqan davri 2014-2015 yillarga to‘g‘ri keladi. Krishtianu ushanda 48 ta gol bilan mavsumni tugatgan edi. Uning terma jamoadagi to‘purarligi ham tahsinga loyiq. Xullas, bu borada Ronaldu yuksakroq.

Butun maydon bo‘ylab faollik

Zamonaviy hujumchilarga faqatgina gol urish yoki uzatmalar ijro etish xos degan fikrda bo‘lsangiz, qattiq adashasiz. Bundan tashqari ular o‘z jamoasini har bir jabhada qo‘llab-quvvatlashi va faol bo‘lishi ham talab etiladi. Yurgen Klopp qo‘l-ostida harakat qilayotgan Muhammad esa bu borada keskin o‘sishga erishdi. Shu sabab u Ronaldudan yaxshiroqdir. Ronaldu himoyaviy ishlarda deyarli ishtirok etmaydi. U buning o‘rniga har doim o‘z kuchini o‘yinni hal qiluvchi pallasiga olib qo‘yishni afzal ko‘radi. Ronalduning pressingdagi harakatlariga ham havas qilib bo‘lmaydi. U o‘tgan yili pressing ko‘rsatkichi bo‘yicha Yevropaning top beshlik chempionatlarida eng past, 7,23 foizlik statistika qayd etdi. Shu sabab maydondagi jabhalarda faollik borasida Saloh Ronaldudan ustunlik qiladi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:44, 20.10.2021.
O'qildi: 5543 marta.
Fikrlar: 68 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.