Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

O‘zbekiston 2023 va 2024 yillar uchun OCHL kvotasini oshirdi

O‘zbekiston 2023 va 2024 yillar uchun OCHL kvotasini oshirdi

Baho:
+-1 | -

"Nasaf"ning muvaffaqiyatli yurishi natijasida O‘zbekiston OFK koeffisiyentlar jadvalida o‘z hisobiga muhim ochkolarni qo‘shib qo‘ydi.

Mavsum boshida "Paxtakor" va AGMKning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi ishtiroki orqali to‘plagan ochkolarni qo‘shib hisoblaganda, O‘zbekiston G‘arb mintaqasida 2021 yilda eng ko‘p ochko jamg‘argan ikkinchi mamlakat bo‘ldi — 22.180 (eng ko‘p ball Saudiya Arabistonida — 25.590). Natijada mamlakatimiz G‘arb mamlakatlari reytingida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi va bu natijani saqlab qoladi. Bu esa bizga 2023 va 2024 yillarda OCHL uchun "2+2" ko‘rinishidagi kvotalarni ta’minlaydi. Ya’ni O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston kubogi sohibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida ishtirok etsa, yana 2 klubimiz saralash bosqichida ishtirok etadi.

Afsuski, reytingni hisoblashda 2020 yilgi natijalar inobatga olinmadi (OFK kubogi musobaqasi o‘tkazilmagani sababli). Aks holda O‘zbekiston OFK reytingining G‘arb mintaqasida 2-o‘ringa ko‘tarilgan va "3+1" kvotasiga ega bo‘lgan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022 yilda "1+1+1" ko‘rinishida o‘rinlarga ega bo‘lib, "Paxtakor" OCHLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini hal qilib bo‘ldi. Qolgan yo‘llanmalar esa qaysi jamoaga nasib etishi haqida avvalroq xabar berib o‘tgandik.

OFK reytingi. G‘arb mintaqasi jadvali

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:34, 21.10.2021.
O'qildi: 20301 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик