Konferensiyalar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ushbu sovrin Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubi hujumchisi Erik Botxeymga nasib etdi.
21 yoshli futbolchi «Roma»ga qarshi o‘yinda (6:1) 2ta gol va 3ta assist muallifiga aylandi.
Norvegiyalik o‘yinchi mazkur sovrin uchun kurashda Gavriyel Kanixovskiy ("Makkabi"), Rauno Sappinen ("Flora") va Bryan Linssenni ortda qoldirdi.