Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Piter Xyuistra: «Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi!»

Piter Xyuistra: «Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi!»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra Jizzaxdagi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun tarkibni aniqlash borasida qiyinchilikka duch keldik. Milliy termadan jarohat bilan qaytganlar bor edi, yoshlar termasiga chaqirilgan futbolchilar bor va yo‘qotishlarimiz katta bo‘lgani bois qaydnomaga yosh futbolchilar ham kiritildi. Bugun yoshlar "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda yaxshi o‘ynashdi deb o‘ylayman. Xursand qilgan jihat juda yaxshi bo‘lmagan maydonga qaramay, biz yerdan uzatmalar berib, bir necha marta chiroyli kombinasiyalar tashkil qila oldik.

Bugun menga yoqmagan ikki jihat bo‘ldi. Birinchisi, adashmasam ikki tur oldin shu hakam Qo‘qondagi o‘yinni boshqarib borgandi. Uch turda ikkinchi marta bir hakamning "Paxtakor"ning safardagi o‘yiniga tayinlanganini tushunmadim.

Ikkinchisi juda ham yomon maydon. Bu shunchaki yomon emas, juda va juda yomon holatdagi maydon! O‘xshatishimiz qo‘pol chiqar, ammo Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi! Muxlislar birinchi va ikkinchi o‘rindagi jamoalar ishtirokidagi o‘yinda chiroyli futbol ko‘rmadik deb e’tiroz bildirishi mumkin, lekin avval maydonga boqish kerak. Sifatli futbol nega bo‘lmaganini maydon aytib turibdi. Maydon bo‘lmasa hech qachon sifatli futbol va futbolning o‘sishi bo‘lmaydi! Umid qilamanki, bu borada ishlar amalga oshirib boriladi.

"So‘g‘diyona" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Ular ham o‘z vazifalarini bajarish uchun kurashishmoqda.

Bizning oldimizda ham uchta o‘yin bor, chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘ldik va endi yoshlarga ko‘proq imkoniyat beramiz. Keyingi o‘yinlargacha jarohat olganlar safga qaytishadi, bundan tashqari U-23 saralashida ishtirok etgan futbolchilarimiz ham tarkibimizga qaytishadi. Xalqaro musobaqalar yosh futbolchilarga tajriba maktabi bo‘ladi.

Hakamlik umumiy darajada yomon emas. Hozir VAR bor, negadir hamma o‘yinda ham bu ishtilmaydi. Bugungi o‘yinda ham VAR bo‘lganida Matichning goli hisobga olingan bo‘lardi. VAR har bir o‘yinda ishlatilishi kerak edi. Hakam muxlislarning reaksiyasiga bog‘lanib qoldi, mezbon futbolchilari maydonga yiqilsa muxlislar ta’siri ostida hakam jarima zarbalarini berib tashladi.

Maydonlar haqida ham gapirmoqchi edim, maydonlar Superliga yuzi hisoblanadi. Buni hal qilish kerak edi. O‘tgan mavsum maydonlar holati yaxshi edi, ammo bir yil ichida nima bo‘ldi-ki biz oxirgi paytlarda safarda faqat yomon maydonda o‘ynayapmiz. Agar men ishlayotgan klubda shunday maydon bo‘lganida o‘zimni noqulay his qilgan bo‘lardim. Yaxshi maydonlar iqtidorli futbolchilaning o‘sib borishiga yordam beradi. Bunday maydonlarda yosh futbolchilar o‘smaydi.

"Turon" misolida bir gapni aytmoqchiman, ular barcha sharoitlarni yaratishgan, maydoni ham ajoyib. Bu jamoa nega ko‘p ochko jamg‘armayapti, bilasizmi? Sababi ular safarga borishadi va yomon maydonda o‘ynashadi", — dedi Xyuistra.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 08:11, 25.10.2021.
O'qildi: 6594 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.