"Manchester Yunayted"ning fransiyalik himoyachisi Rafael Varan "Atalanta"ga qarshi o‘yin vaqtida jarohat oldi.
28 yoshli fransuz uchrashuv birinchi bo‘limida oyog‘ida og‘riq sezdi. Uning o‘rniga uchrashuvning 38-daqiqasida Meyson Grinvud maydonga tushirlgan.
Himoyachining jarohati qay darajada jiddiyligi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniq bo‘ladi.
Joriy mavsumda Varan APL doirasida 6 o‘yin o‘tkazib, 1 golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ygan.