«Barselona» bosh murabbiyi Xavi tez orada Kataloniya jamoasi bilan hamkorlikni boshlaydi, deb xabar beradi Football Espana.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 41 yoshli mutaxassis 9 noyabr kuni jamoaning ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi.
«Barselona» 5 noyabrdan 6 noyabrga o‘tar kechasi Xavi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi. Murabbiy bilan shartnoma 2024 yilgacha amal qiladi.













