Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Skoulz «Manchester Yunayted»ning «qora ro‘yxati»ni tuzdi: Ro‘yxatda 8 nafar futbolchi bor

Skoulz «Manchester Yunayted»ning «qora ro‘yxati»ni tuzdi: Ro‘yxatda 8 nafar futbolchi bor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa voz kechishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar nomini ma’lum qildi. Gap sakkiz nafar futbolchi haqida ketmoqda. Sobiq yarim himoyachining ushbu fikrlari ommabop The Good, The Bad and The Football podkasti davomida yangradi. Uning «qora ro‘yxati»dan Lyuk Shou va Garri Maguayr, shuningdek, Manuel Ugarte, Joshua Zirkzee hamda Meyson Maunt kabi futbolchilar o‘rin oldi.

«Maguayrga ishonib bo‘lishiga shubham bor, ayniqsa, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istasangiz. Shou juda kam maydonga tushadi va u dunyoning eng yaxshisi emas. Maunt — ajoyib futbolchi, lekin u haddan tashqari ko‘p jarohat oladi», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltirmoqda manba.

Qayd etish joizki, hozirda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:33, 09.04.2026.
O'qildi: 4022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик