Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon 2-1 Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor 1-0 Metallurg
25/10 21:30 Udineze 2-0 Kalyari
25/10 23:45 Torino 1-0 Komo
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum - Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 18:15 Andijon - Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko

Salohning diyetasi qanday?

Salohning diyetasi qanday?

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning misrlik goleadori Muhammad Saloh vaqti-vaqti bilan pissa tanovul qilib, kun tartibi, aniqrog‘i, taomnomasidan chetga chiqsada, muvaffaqiyatlarida o‘z tanasini muntazam chiniqtirib borishi muhim ahamiyat kasb etishini juda yaxshi biladi. U shuning uchun ham har kuni reja asosida shug‘ullanadi. Bunda barchasi qat’iy tartibda belgilab qo‘yilgan.

Muhammad Saloh yaqinda CNN kanali mehmoni bo‘lib, o‘z diyetasi (parhezi) va kun tartibi haqida gapirib berdi. Misrlik hujumchi jumladan, taomnomasiga alohida to‘xtaldi: «Qanday taomlanish juda muhim, bu sportchi uchun butun tayyorgarlik jarayonining ajralmas qismidir. Binobarin, to‘g‘ri ovqatlanish, sifatli mahsulotlarni iste’mol qilish tiklanishga katta yordam beradi. Tartibli taomnoma yana mizg‘ib uxlashda ham muhim. Yaxshi uyqu esa tezroq tiklanish garovi hisoblanadi. Shaxsiy diyetologimning aytishicha, tanamda ortiqcha yog‘ yo‘q, shuning uchun ko‘nglim tusagan taomni tanovul qilishim mumkin. Asosiysi, spirtli ichimliklardan mutlaqo yiroqman, demakki, menda hammasi joyida».

Tushunarliki, och qorin bilan yashab bo‘lmaydi, jismoniy mashq­larni bajarish haqida-ku gapirish ham ortiqcha. Salohning aytishicha, u nonushtada ko‘pincha bir stakan sut va paratxa (hindcha non) iste’mol qiladi. Agar bu yetarli bo‘lmasa, qandaydir meva qo‘shishi mumkin. Tushlikka kelsak, «Liverpul» futbolchisi imkon qadar ko‘proq kaloriya to‘plashni xohlaydi. Ya’ni asosan yasmiq, sabzavot, non va tovuq go‘shtini tanlaydi, hammasini katta stakanda yogurt ichish bilan yopadi. Salohning eng sevimli yeguligi - guruch, makaron va yasmiqdan tayyorlanadigan, pomidor, no‘xat hamda piyoz qo‘shiladigan kushari taomi (Misr milliy taomi). Kechki taomnoma esa odatda ancha yengil bo‘ladi - sho‘rva, salat va sabzavotlar. Futbolchi yakunda shakarsiz bir stakan meva sharbati ichadi.

Yana bir tomoni, Saloh sport zalida qattiq ishlaydi. U hattoki, jamoa mashg‘ulotlaridan qaytib ham, trenajyor zalida qo‘shimcha yuklamalar oladi. Jumladan, asosan tana vaznini me’yorida ushlab turishga mo‘ljallangan mashqlarni bajaradi. Bular - pliometrika va yoga elementlari, suzish, mushaklarga qaratilgan mashqlar. «Odatda uyqudan ancha erta turaman. Individual mashg‘ulotlarni esa vaziyatga qarab, ertalab yoki tushlikdan keyin boshlayman. Keyin deyarli 2 soatni tiklanishga sarflayman. Har qanday jarohat yoki tanadagi turli og‘riqlardan qutulish uchun terapiya muolajasi va maxsus massaj juda muhim. Tiklanish jarayonidan so‘ng «Liverpul»ning sport zaliga boraman, bu futbolchilar uchun ixtiyoriy. Umuman, har bir jamoaviy mashg‘ulotlardan keyin yakka tartibda chiniqish-tiklanish bilan shug‘ullanaman. Yakunda klub yoki uyimdagi basseynda suzish mashqlarini bajaraman. Agar uyda bo‘lsam, qizim Makka bilan birga. Xullas, chamasi soat 19 yoki 20da kunlik mashg‘ulotlarni tugataman», - dedi Muhammad Saloh bu borada.

Saloh ayni payt «Liverpul» rahbariyati bilan o‘rtadagi shart­noma muddatini uzaytirish masalasida muzokara olib bormoqda. Mersisaydliklar misrlikni «Liverpul» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lishiga xayrixohlar. To‘g‘ri, tomonlar yakuniy summa bo‘yicha hali kelisholmadilar - Salohning agenti haftasiga 400 ming funtdan ko‘proq so‘ramoqda. Misrlik goleadorning o‘zi esa Sky Sports nash­ri muxbirlari bilan suhbatda shartnoma masalasida gapirish barobarida futboldagi o‘rni xususida ham fikr bildirdi: «Agar mendan so‘rashsa, faoliyatimning oxirigacha «Liverpul»da qolishni istayman. Lekin hozir bundan ortiq hech gap aytolmayman - hammasi o‘zimgagina bog‘liq emas. Klub xohishini ham hisobga olish kerak. Haqiqat shuki, ayni holatda o‘zimni «Liverpul»ga qarshi o‘ynaydigan futbolchi sifatida tasavvur ham qilolmayman.

Yo‘q, yer yuzida eng kuchli futbolchi ekanligimni tasdiqlolmayman: kimdir fikrimga qo‘shiladi, boshqa birov qo‘shilmaydi. Shunchaki, hamon futbol ichida yurganimdan baxtiyorman. Yashirmayman, hamisha jahon bo‘yicha eng yaxshi maqomini olish ishtiyoqi bor, albatta. Meni shu ambisiya taraqqiyotga yetaklaydi. To‘g‘risi, o‘z miyamdagi xulosaga ko‘ra, jahonda eng kuchlisiman. Faqat bu fikrni ichimda saqlayman, bu menga ishonch bag‘ishlaydi. Xulosamga qo‘shilish-qo‘shilmasliklari esa muhim emas».

Muhammad Salohning joriy mavsum chindan ham, zo‘r o‘ynayotganini ko‘rsatuvchi faktlar

 

***  2003 yildan buyon «Old Trafford»da «xet-trik»ka erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi (bunaqasi oxirgi marta braziliyalik Ronaldoga nasib etgandi). Umuman, APL tarixida hech kim «Yunayted» stadionida 3ta gol urgan emasdi.

*** «Liverpul» tarixida «Old Trafford»dagi ketma-ket 3ta o‘yin­da gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

*** 2021 yili «MYU»ning uy arenasida 3 marta maydonga tushib, 6ta gol urdi.

*** «Liverpul» tarixida ketma-ket 10ta o‘yinda gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

*** APL tarixida eng ko‘p gol urgan afrikalik futbolchi bo‘ldi (107ta). Saloh bu borada Didye Drogba (104ta gol)dan o‘zib ketdi.

E’tirof

- Qani, menga Muhammad Salohdan yaxshirog‘ini ko‘rsatingchi! U ayni payt eng zo‘ri, shubhasiz. Ha, Messi va Ronalduning uzoq yillik hukmronligini yaxshi bilamiz, biroq hozirda Salohga yetadigani yo‘q. Bu gapni uni har kuni kuzatib borayotgan murabbiy sifatida ayt­yapman. Yurgen Klopp («Liverpul» bosh murabbiyi, oktyabr oyi).

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:16, 11.11.2021.
O'qildi: 3333 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.