Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Maksim Shaskix: «Ukraina termasi har qanday raqibni yenga oladi...»

Maksim Shaskix: «Ukraina termasi har qanday raqibni yenga oladi...»

Baho:
+ | -

Ukraina milliy ja­moasi JCH-2022 saralashi doirasidagi hal qiluvchi o‘yin (ukrainlar bugun Bosniya va Gersegovinada mehmon bo‘lishadi) oldidan Bolgariya termasi bilan «o‘rtoqlik»da kuch sinashib, 1:1 hisobini qayd etdi. Bu o‘yinni bevosita kuzatib borgan O‘zbekiston milliy jamoasi va Kiyevning «Dinamo» klubi sobiq hujumchisi Maksim Shaskix footboom portaliga bergan intervyusida taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, barchasi oldinda ekanligini alohida ta’kidladi: «O‘rtoqlik o‘yini ekanligi yaqqol sezilib turdi, kutilgan shiddat, motivasiya ko‘rinmadi. Muhimi, natijadan hech kim ranjimadi, final hushtagi yangraganidan so‘ng Ukraina termasi futbolchilarida ko‘tarinki kayfiyat tug‘ildi. Quvonarlisi, ukrainaliklar juda ko‘p vaziyat yaratishdi. Umid qilamanki, yigitlar hujumlar samarasini Bosniya va Gersegovina termasi bilan «duel»ga olib qo‘yishgan...».

- Petrakov jamoasida jangovar ruh sezildi, futbolchilar boshidan oxirigacha kurashishdi...

- Nazarimda, Ukraina termasi faollikni oshirishga uncha oshiqmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. Futbolchilar asosan deyarli har bir vaziyatda to‘pni aniq oshirishga harakat qilishdi. Ya’ni nazoratni qo‘lga olishdi, biroq shuncha ko‘p vaziyatga yarasha kamida 2:1 hisobida g‘alaba qozonishlari kerak edi.

- Bo‘lim oxirida qo‘yib yuborilgan golga qarasak, Timchik va Bushchan raqibga xalaqit berishga urinishdi, ammo Matviyenko jarima maydoni yaqinida «sham» yoqdi...

- Yo‘q, muayyan bir futbolchini ayblash noto‘g‘ri. Ha, raqib darvoza oldida deyarli hech nima qilolmadi, lekin gol urdi, baribir. Ukraina termasi murabbiylari, shuningdek, futbolchilar ham avvalo, raqibning gol bilan tugagan harakati qayerdan boshlanganini tahlil qilishlari kerak. Hozir vaziyatning oxirgi bosqichini muhokama etishdan naf yo‘q.

- Sizningcha, maydonda Bosniya va Gersegovina termasiga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibga kiradigan futbolchilarni ko‘rdikmi yoki...?

- Aytish qiyin... Terma jamoaga kim qanday holatda kelganini Petrakov hammadan yaxshiroq biladi. O‘ylashimcha, u bolgarlar bilan bahsda aralash tarkibdan foydalandi. Bu o‘yin ayrim asosiy futbolchilar holatini ko‘rish uchun kerak edi. Nazarimda, ayni tarkibning 70 foizini bosniyaliklar bilan «duel»da ham ko‘ramiz. Xullas, ko‘pi bilan 2-3ta pozisiyada o‘zgarish bo‘lsa kerak.

- Ukraina termasidan aynan kim yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatdi?

- Ajablanarli tomoni, hamma teng ko‘rindi - superharakatlar va qo‘pol xatolarsiz o‘yin. Samaradorlikchi? Ha, statistika juda o‘jar. Hamma Ukraina termasining raqib darvozasi tomon yo‘llagan 14-16ta zarbasini gapiradi, ammo ular bir xil emasdi. Demoqchimanki, «ko‘k-sariqlar» mehmonlar himoyasini hal etishi mushkul muammolarga yo‘liqtirishmadi. Lekin o‘ylaymanki, gollar ham hali keladi.

- Bosniya va Gersegovina - Ukraina qarama-qarshiligidan nima kutyapsiz?

- Bolgariyaliklar bilan o‘yin shuni ko‘rsatdiki, JCH saralashidan o‘rin olgan bahsdagi imkoniyatlar 50ga 50. Jamoa istalgan raqibni mag‘lub etishi mumkin. Bosniyada dastlabki daqiqalardan g‘alaba qozonish uchun o‘ynash, darhol raqibga maksimal tezlik taklif etish kerak. Durang uchun o‘ynash - bema’nilik. Bunday holatda himoya xatoga yo‘l qo‘yadi, baribir. Petrakov jamoa­si barchasini muvaffaqiyatli hal etishidan umidvorman, albatta.

Ukraina milliy jamoasi oxirgi 7ta o‘yinda 5ta durang, 1ta mag‘lubiyat va 1ta g‘alaba qayd etdi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:21, 17.11.2021.
O'qildi: 3072 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.