Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Matonatning yuksak qiyofasi: jahon urushidan jahon chempionligigacha

Matonatning yuksak qiyofasi: jahon urushidan jahon chempionligigacha

Baho:
+ | -

  Futbol hozirgi kunga qadar juda ham ko‘p iste’dodli aka-uka charm to‘p ustalarini kashf qilgan. Zamonaviy futbolda Boateng yoki Azarlar oilasining erishgan yutuqlari hammaga ma’lum. Bu safar stadion.uz ana shunday afsonaviy aka-ukalar haqida eslab o‘tadi. Ularning tarixi yuqoridagi ikkisidan, umuman olganda hammasinikidan tubdan farq qiladi.

   Uolterlar haqida ko‘pchilik futbol muhlislari eshitgan bo‘lishsa kerak. Ular yoshligidan futbolga mehr qo‘ygan va uchovlon birgalikda Germaniyaning “Kayzerslautern” klubi sharafini himoya qilishga bel bog‘lashgan edi. Afsuski, Yevropada avj olgan 2-jahon urushi yosh yigitchalarni ham chetlab o‘tmadi. Avvaliga radiodan urushning dahshatlari haqida eshitgan birodarlar uzoq vaqt o‘tmay o‘zlari ham o‘sha “sovuq qirg‘in”ning ishtirokchilariga aylanishga majbur bo‘lishdi. Aniqrog‘i 1942-yilda ular futbol libosini shinelga almashtirishdi. Frits va Lyudvig Uolterlar askar sifatida to‘gri jang maydoniga olib ketildi. Ular orasida eng kichigi bo‘lgan Ottmar Uolter esa dengiz flotida hizmat qiladigan bo‘ldi. Uch aka-uka ham dahshatdan tirik qayta oldi. Lekin, ular olgan jarohatlar qaytib futbol o‘ynay olmasligiga sabab bo‘lishi turgan gap edi. Agar shu urush bo‘lmaganida va qahramonlarimiz butun umrini yashil maydonda o‘tkazganida ular haqiqiy afsona bo‘lishi aniq edi. Ularning matonati esa shunchaki hammani hayron qoldira olgan.

   Ottmar uchun urush ancha erta yakuniga yetdi. Oyog‘idan o‘q yegan qahramonimiz avvaliga shifoxonaga qaytadi va u yerdan uyiga javob beriladi. Endi u o‘z uyida yarador holatda akalarini kutar edi. Frits va Lyudvig yelkama-elka turib jang qilmagan lekin ular asirlar lagerida birgalikda kun kechirishgan. Ular kichik ukasiga qaraganda ancha qiyinchilikga duch kelishgan. Avvaliga inglizlar lagerida keyin esa Sovet lagerida asir sifatida bo‘lishdi. Lekin Sovet lageri boshlig‘i Jukov bu aka-ukalarda: fashistlarni emas, haqiqiy futbolchilarni ko‘rganligi sababli ularni qutqarishni ma’qul deb topdi va aka-ukalar shu tariqa 1945-yilning kuzida o‘z oilasida jam bo‘lishdi. Ammo ularning ahvoli futbol o‘ynash uchun yaroqlimidi?

    Fridrix (Fris) bezgak bilan kasallangan edi, endi issiqda o‘zini yomon his qilardi. Lyudvig miyasi chayqalgan. “Men futbolga qaytishga urindim, lekin bu ish bermadi. Men o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishlashim kerak edi” – deydi urushdan so‘ng buxgalter bo‘lgan Lyudvig. Ottmar cho‘loqligidan zo‘rg‘a qutuldi va akasi bilan birgalikda u "Kayserlautern" klubi safiga yana boribga qo‘shildi. Frits hujum markazida, Ottmar esa chap qanotda o‘ynardi.

Iste’dod hech qachon hech qayerda yo‘qolmaydi. Ko‘p o‘tmay, aka-ukalar maydonda yaxshiroq harakat qilishni boshladilar. Ular o‘yindan-o‘yinga o‘zlarining mahoratini ko‘z-ko‘z qilaverishdi. Kurashuvchan Ottmar va tezkor Frits bir-birini juda yaxshi tushunishardi. Katta Uolter o‘zini jangda ham, havodagi o‘yinda ham yaxshi his qilardi, kichigi raqiblaridan to‘pni olib, hujum boshlashni xush ko‘rardi. Raqib yarim maydonida ko‘pincha Ottmar akasi Fritsga uzatmalar oshirar edi.

1951-va 1953-yillarda "Kayzerslautern" Germaniya chempioni bo‘ldi. G‘arbiy Germaniya terma jamoasi qayta tiklanganidan so‘ng, aka-uka Uolterlar termaga chaqirildi. Ta’kidlash joizki, urushdan oldingi Germaniya terma jamoasini boshqargan murabbiy Zepp Gerberger birinchi bo‘lib 34 yoshli Fritsni termaga taklif qildi.  1954 yilgi jahon chempionati Shveysariyada juda aqlli formatda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda jamoalar uchta emas, ikkita o‘yin o‘tkazdilar, agar muhim bo‘lsagina uchinchi uchrashuv o‘tkazildi. Turnir natijasini oldindan aytish mumkin edi - o‘shanda Vengriya terma jamoasi tarkib jihatidan dunyodagi eng kuchlisi edi. Guruh bosqichida vengriyaliklar 8:3 ko‘rinishida nemis mashinasini taslim etishdi. Ammo bu muvaffaqiyatsizlik nemislarni sindira olmadi. Ular bu mag‘lubiyat bo‘lmagandek harakat qilaverishdi va aka-uka Uolterlar yetakchilik rolini oldilar. Shunday qilib, G‘arbiy Germaniya terma jamoasi finalga chiqdi, ularni yakunda Vengriya terma jamoasi bilan yangi uchrashuv kutib turardi. Ottmar turnir davomida to‘rtta, Frits uchta gol urgandi. Ma’lumki, 1954 yil 4-iyulda bulutli oqshom bo‘lgan. Favorit 3: 2 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgan. Nemislar tarkibida finalda Uolterlar gol ura olishmagandi. Lekin shunda ham Frits turnirning eng yaxshilaridan biri bo‘lgandi. Butun Germaniya undan faхrlanardi.

 Og‘ir tizza jarohati Ottmarni 31 yoshida faoliyatini tugatishga majbur qildi. Frits esa "Kayzerslautern" da ham, terma jamoada ham o‘ynashni davom ettirdi. U o‘zining ikkinchi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Ta’kidlash joizki, o‘shanda Uolterlarning kattasi 38 yoshda edi. Ammo u shvedlar bilan yarim final uchrashuvida jarohat oldi. Jarohatdan tuzalgach ham bir necha bor maydonga tushishga ulgurdi. Afsus urush, jarohat va yosh o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Oradan bir yil o‘tgach futbolda qolgan yagona Uolterlar oilasi vakili ham o‘z faoliyatiga yakun yasagan.   

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:06, 20.11.2021.
O'qildi: 2291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.