Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliga. "Borussiya D" safardagi g‘alaba evaziga chempionat peshqadamiga aylandi

Bundesliga. "Borussiya D" safardagi g‘alaba evaziga chempionat peshqadamiga aylandi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" jamoasi Germaniya chempionatining 13-turida "Volfsburg" mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘oliblar safida Emre Jan, Doniell Malen va Erling Xoland bittadan gol muallifi bo‘lishdi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga Vut Vegxorst mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Borussiya" ochkolarini 30taga yetkazib oldi va turnir jadvalida "Bavariya"dan 2 ochkoga ilgarilab ketdi va peshqadamlikni qo‘lga oldi. "Volfsburg" 20 ochko bilan 7-pog‘onada.


Bundesliga, 13-tur

"Volfsburg" – "Borussiya D" – 1:3

Gollar: 2 - Vegxorst (1:0), 35 - Emre Jan - penaltidan (1:1), 55 - Malen (1:2), 80 - Xoland (1:3).

Volfsburg – Pervan, Lakrua, Russiyon (Paulu Otaviu, 61), Baku (Mbabu, 75), Bruks, Vranks, Gilavogi (Filipp, 90+1), Arnold, Vegxorst, Nmecha (Valdshmidt, 61), Lukebakio

Borussiya D – Kobel, Shuls (Zagadu, 85), Xummels, Akandji, MenYE, Daxud, Roys, Brandt, Emre Djan (Vitsel, 85), Malen (Xolann, 73), Volf (Knauff, 62)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:50, 27.11.2021.
O'qildi: 2507 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик