Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze 2-2 Torino
29/12 19:00 Napoli 1-0 Venetsiya
29/12 19:30 Lester 0-2 Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem 2-2 Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas 2-1 Sautgempton
29/12 20:00 Everton 0-2 Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem 2-2 Bornmut
29/12 22:00 Yuventus 2-2 Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem 0-5 Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Unutilayotgan umidli Isko

Unutilayotgan umidli Isko

Baho:
+ | -

Madridning “Real“ klubi Anchelotti jamoaga kelgach, yana barqaror harakatlanishni boshladi. Zidan ketganidan so‘ng tarkibda ko‘p o‘zgarish ham bo‘lgani yo‘q. Faqat yigitlarga qo‘shimcha yuklanmalar topshirilgan. Ba’zilariga esa avvalgidek ishonch qolmagan. Isko, Marselo, Dani Sebalyos va Xesus Valyexo kabi futbolchilar shular jumlasidan. Marselo jismoniy holati bois, Sebalyos kuchli raqobat sabab, Valyexo esa tajribasizligi tufayli maydonda ko‘p ko‘rinish bermaydi. Buni tushundik. Ammo nimaga bir vaqtlar Ispaniyaning yulduzi bo‘lishi kutilgan Iskoga imkon berilmaydi? Axir unda tajriba ham, jismoniy holat ham o‘z o‘rnida-ku!? Raqobatda ham u jamoadagi har kim bilan bellasha oladi. Keling, bugun Isko Alarkonning “Real“dagi taqdiri haqida so‘z yuritamiz.

O‘zgacha uslublar to‘qnashuvi

Ma’lumki, “qirollik klubi“ yillar o‘tsada, hamon tezkor qarshi hujumga tayanib o‘yin quradi. Bunga Vinisius va Rodrigo kabi tezkor va Benzema, Modrich, Krooslardek aniq pas bilan o‘ynay oladigan iqtidorlarning borligi asosiy sabab. Iskoda esa maydondagi e’tibor asosan, to‘pni o‘zi bilan olib yurishiga qaratiladi. Qarshi hujumga o‘tib ketish mumkin bo‘lgan joyda u to‘p bilan muomala qilishga kirishib ketishi mumkin. Bu esa hujumning tezligini “kesadi“. Natijada, butun jamoa hammasini boshidan boshlashiga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda esa ispaniyalik charm to‘p ustasida dribling, maydonni ko‘ra olish, pleymeykerlik qobiliyatlari ajoyib shakllangan. Uning to‘p bilan uzoq harakatlanishining asosiy sababi ham maydonda bo‘sh hududlarni yaratishdir. Bu ham zamonaviy futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq na Zidan, na Anchelotti Iskoning usulini klub o‘yiniga bog‘lab keta olmadi. “Qaymoqranglilar“ eng yuqori cho‘qqiga chiqqan paytlarda “Malaga“ sobiq futbolchisi ham asosiy rollardan birida edi. Biroq u paytda jamoa shu qadar kuchli ediki, qarshi hujumlardan maksimal foydalanish juda muhim bo‘lmay qolgandi. Ustiga-ustak, u vaqtlar tarkibda Ronaldu degan “killer“ bor edi.

Muammo va uning yechimi

Asl muammo ispanning “Real“ga mos kelmaydigan uslubida ham emas. Kroos va Modrichlarning hamon yuqori formada ekanligida. Agar Modrich va Kroos formasini yo‘qotib borganida edi, Iskoga ko‘proq imkon berilishi mumkin edi. Hozirda bu ikki daho yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan ekan, ulardan asosiy tarkibdagi o‘rnini tortib olish shunchaki oson kechmaydi. Alarkon uchun yechim sifatida yoki jamoasini o‘zgartirishi kerakligi yoki yana 1-2 yil sabr qilishi mumkinligini aytishimiz mumkin. Shu vaqt ichida Luka jamoani tark etishi mumkin (bu ham aniq emas hali). Tabiiyki, Toni ham avvalgidek holatda bo‘la olmaydi. Lekin baribir 1-2 yilni zaxirada o‘tkazib yuborish hech bir futbolchi uchun to‘g‘ri tanlov bo‘lmaydi, nazdimizda. Eng maqbul variant – 29 yoshli futbolchi Madridni tark etishi kerak. U hali yana kamida 3 yil sifatli o‘yin namoyish eta oladi. Buning uchun unga faqat ozroq imkon berilsagina yetarli.

Ishonchli va qulay variant

“Manchester Siti“ va Isko. Naqadar go‘zal juftlik. Uslub tomonidan Fransiskoga bundanda yaxshisi topilishi qiyin masala. Pep uchun to‘pni nazorat qilish qanchalar muhim ekanligini ziyrak futbol muxlisi juda yaxshi biladi. Isko Alarkon ham to‘p bilan harakatlanishni juda yoqtiradi. Qo‘shimchasiga, u pressinglarda ham faol ishtirok eta oladi. Shuningdek, futbolchining universalligi yana bir plyus. Xoh yarimhimoyachi sifatida bo‘lsin, xoh vinger o‘rnida u bu chiziqlarda bemalol harakatlana oladi. Ayniqsa, KDB va Isko juftligi haqida o‘ylashning o‘ziyoq raqiblarni qo‘rquvga soladi. Chunki ular har tomonlama bir-birini to‘ldirib turishi mumkin. Yagona muammoli joyi, “shaharliklar“ safida Iskodek o‘ynaydigan futbolchining borligi. Uning ismi – Bernardu Silva. Texnika, muvaffaqiyatli krosslar va yuqori intellektga ega ushbu futbolchi sabab Gvardiola Isko variantiga murojaat qilmasligi mumkin.

Millionlar o‘yinida umidli futbolchining unutilib yuborilishi juda ko‘p bora kuzatilgan. Vaqtida jozibali harakatlari bilan muxlislarni o‘ziga rom etgan “yulduz“ning birdan “so‘nib qolishi“ har kim uchun yoqimli holat bo‘lavermaydi. Axir tomoshabinlar orasida futbolni go‘zalligi uchun tomosha qiladiganlar har qadamda topiladi. Isko esa o‘sha go‘zallikning bir qismi sifatida bugun bizning alohida e’tiborimizga sazovor bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:56, 29.11.2021.
O'qildi: 4042 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.