Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

"Ronaldu bilan g‘irrom o‘yin qilishdi va bu adolatsizlik..." — Orif Tolipov maqolasi

"Ronaldu bilan g‘irrom o‘yin qilishdi va bu adolatsizlik..." — Orif Tolipov maqolasi

Baho:
+ | -2

France Football nashri "Oltin to‘p-2021" sovrinini o‘z egasiga topshirdi. Doimgidek dabdaba bilan o‘tkazilgan marosimdan so‘ng ba’zi fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Dastlab tezislar ko‘rinishida asosiy nuqtalarni yozay, so‘ng ularni alohida izohlashga urinaman.

1. Juda ko‘p tanqidlarga qaramay Messi -- baribir munosib...

2. "Oltin to‘p" sovrin sifatida, France Football esa nufuzli nashr sifatida cho‘kib bormoqda...

3. Ronaldu bilan g‘irrom o‘yin qilishdi va bu adolatsizlik...

4. Dunyo futboliga yangi, mukammalroq yil sovrini kerak...


1. Hozir Messiga sovrin topshirilgani uchun ayrim "ronalduchi" fanatlar kurakda turmaydigan haqoratlar bilan qayerda shu mavzu bo‘lsa o‘sha yerda izoh yozishmoqda. Quyida yozilganlar ularga taalluqli emas. Men adekvat ishqibozlarni nazarda tutib yozmoqchiman. Lionel Messi bu yil Argentina bilan "Kopa Amerika"ni yutdi. Bu mamlakat oxirgi marotaba Maradona hali maydonda to‘p tepib yurgan mahal bunday yirik turnirda zafar quchgan. Leo turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Finaldan boshqa barcha o‘yinda maydonda yaqqol yetakchi edi. O‘sha oyog‘i sinib ketay degan o‘yinni eslang. 4 ta gol va 5 ta assist bor unda. Shuningdek, uning hisobida jami 56 o‘yinda 41 gol va 17 assist bor. Ispaniyada mavsum to‘purari va futbolchisi bo‘ldi. Mamlakat kubogini finalda 2 ta gol urib yutdi. Jamoasini eng qiyin davrda yelkasida olib yurdi. Ha, bu uning eng yaxshi mavsumi emasdi, ammo dunyoda ikki futbolchi borki, ular eng yaxshi mavsumini o‘tkazmay ham "eng yaxshi" deya e’tirof etilishi mumkin. Biri Messi. Ikkinchisi haqida biroz keyinroq. Xullas, baribir oxir-oqibat sovrinni Messiga berish uchun asoslar mavjud edi.

2. France Football nashri so‘nggi yillarda Fransiyaning boshqa bir yirik L'Équipe nashri tarkibiga o‘tib ketgan, tirajlari kamayib, elektron ilovalarga ko‘chib-ko‘cholmay turgan, iqtisodiy qiyinchiliklar girdobidagi nashrdir. O‘tgan mavsum karantin bahonasida sovrinni topshirmaslik imidjga kuchli zarba berdi. Garchi Messi Levandovskiga iliq so‘zlar bilan tasalli bergan bo‘lsada, hamma bu yil hech bo‘lmasa avvalgi yil hisobidan polshalikka sovrin topshirilishi kutgan edi. Ovoz berishdagi tanlovlar ham qiziq. Nashr har bir mamlakatdagi aynan ovov berishda ishtirok etuvchi jurnalistni qanday mezonlar asosida tanlab olishi ham mavhum bo‘lib qolmoqda. Va eng muhimi yaqin tarixda masalan kechagidan chandon ortiq vaziyatlarda ham sovrin Messiga topshirilgan. Masalan, 2010 yilda sovringa Ispaniya bilan JCHda tengsiz bo‘lgan, bosh qahramonga aylangan Andres Inyesta munosib edi. O‘sha voqeaning fonida bu yilgi taqdirlash aniq adekvat deyish mumkin. Ammo bu nisbiylikni keltirib chiqaradi va bu noto‘g‘ri, albatta. Bir so‘z bilan aytganda, France Football cho‘kib bormoqda va yildan yilga balandroq baqirishga urimoqda, aniqrog‘i chiranmoqda.

3. Ronaldu bilan g‘irrom o‘ynashdi. Bu unga sovrin berilishi bilan bog‘liqmas. Aslo! Krishtianu bu yil balki chindan kuchli beshlikda bo‘lmasligi lozim edi. Masala, bosh muharrirning portugaliyalik yulduzning "nomini sotishi" bilan bog‘liq. Bu juda uyatli vaziyat va Ronalduga nisbatan adolatsizlik. KriRo o‘zidan munosiblar borligi tan olib turibdi, menimcha. Biroq, uni nomidan yolg‘on ishlatib masalaga yuz millionlab uning muxlislarini jalb etishmoqda va arzon piar qilishmoqda. Bu xunuk voqea "Oltin to‘p"ning kuni bitayotganiga yana bir ishora deyish mumkin.

4. Aslida barcha narsaning intihosi bor. Bu kabi sovrinlarning tashkilotchilari yildan yilga intriga ortishini istashadi, doza oshishini xohlashadi. Shu bois turli qora piarlarga qo‘l urishadi. Yaqin istiqbol uchun bu yaxshidir, ammo uzoq kelajak uchun bu asoratli ekanini tushunish kerak. Chunki, meyorsiz doza tomoshabinni "o‘ldiradi". Bundan tashkilotlar baribir yutqazishadi. Natijada yangilanishga ehtiyoj ortadi. Menimcha, Messi-Ronaldu davridan so‘ng keladigan davrning o‘z sovrini bo‘ladi. Yoki eng kamida "Oltin to‘p" o‘z tizimini qayta ko‘rib chiqadi.

 

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:49, 30.11.2021.
O'qildi: 16314 marta.
Fikrlar: 55 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.