Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Kanada terma jamoasi raqiblarini sovuqda qiynamoqdami?

Kanada terma jamoasi raqiblarini sovuqda qiynamoqdami?

Baho:
+ | -

Kanadaliklar JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan Kosta-Rika va Meksika termalariga qarshi o‘yinlarni mamlakatning sovuq havo hukm surayotgan hududida o‘tkazib, 6 ochko olishdi va KONKAKAF guruhida yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. Ha, futbolda jamoa­lar gohida iqlim sharoitidan ham unumli foydalanishni o‘rniga qo‘yadi. Raqiblarni «muzlatish» - aqlli yo‘l... Sports.ru sayti ijodkorlari ayni shu holatga alohida e’tibor qaratishdi.

KONKAKAF hududidagi JCH-2022 saralash dovoni eng qizg‘in pallaga kirdi. Ayni payt 8ta jamoani o‘z ichiga olgan hal qiluvchi bosqichda Kanada milliy jamoasi 1-o‘rinni egallab turibdi. Bu kutilmagan holat, albatta. Misol uchun, xokkey vatani vakillari hozirga qadar futbol bo‘yicha jahon chempionatida atigi 1 marta qatnashishgan (1986 yili). Endi ularda mundialga ikkinchi marta yo‘l olish uchun ajo­yib imkoniyat yuzaga keldi. Kanada termasi guruhda bejiz yetakchilik qilmayapti - tarkibida ko‘plab yosh iste’dodlar bor, o‘yin ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shuning barobarida jamoa natijasida kichik nayrang­larning hissasi bor. Mana, kanadaliklar noyabr oyiga belgilangan Kosta-Rika va Meksika termalariga qarshi muhim o‘yinlar uchun Edmontondagi «Hamdo‘st­lik» stadionini tanlashdi. Bu shahar esa kontinental iqlim hududida joylashgan (qishda quruq sovuq, yozda issiq havo hukm suradi). Tushunarliki, mezbonlar issiqlikka odatlangan Kosta-Rika va Meksika termalari futbolchilarini sovuqda qiynashni rejalashtirishgandi.

Kanada milliy jamoasi bosh murabbiyi Jon Xerdmen oktyabr oyi boshida iqlim masalasiga to‘xtalib, barchasini tan olgandi: «Ha, boshqacha sharoitda o‘ynab, vazifani soddalashtirishimiz ham mumkin edi. Biroq o‘zimizni o‘ylamadik, aksincha, avvalo, raqiblarni murakkabroq holatga solishni xohladik. Maqsad tayin - Kanadaga keluvchi jamoalarni vaqt tafovuti vositasida qiynash va noqulay sharoitda o‘ynashga majbur etish. Zero, o‘zimizda 1-2 kun ichida Edmonton iqlimiga moslashish imkoniyati bor, raqiblarda esa yo‘q. Xullas, bu variantni to‘liq ma’qullayman». Mana, o‘ylangan «kombinasiya» ish berib, Kanada termasi har ikki o‘yinda g‘alaba nashidasini surdi.

Kosta-Rika termasi bilan bahs vaqti harorat -3 daraja bo‘ldi. Yakunda kanadaliklar «Lill» hujumchisi Jonatan Devid tomonidan urilgan yagona gol evaziga 3 ochko olishdi. Meksikaliklarga qarshi o‘yin vaqti esa havo harorati -6 darajagacha tushdi. To‘g‘ri, maydon qordan tozalandi, biroq sovuq... Bunisida «Beshiktosh» hujumchisi Kayl Larin «dubl»­ga erishdi va kanadaliklar yana g‘alaba qozonib, hal qiluvchi saralash raundida to‘plagan ochkolari sonini 16taga yetkazishdi. Natijada xokkey vatani jamoasi 8-turdan keyin guruh peshqadami bo‘lib oldi. Eng yaqin ta’qibchi - AQSH termasi 15 ochkoga ega bo‘lsa, Meksika va Panama jamoalarida 14 ochkodan bor. Darvoqe, kanadaliklar 1976 yildan buyon JCH saralashida Meksika termasi ustidan g‘alaba qozonolmayotgandilar.

Qiziq, qanday iqlim sharoitida o‘ynash mumkin emas? FIFA kuchli sovuq tufayli o‘yinni qoldirish bo‘yicha aniq ko‘rsatma bermagan. Xal­qaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi esa havo harorati -15 darajadan pastga tushsa, mashg‘ulotlar va o‘yinlarni qoldirish yoki bekor qilishni tavsiya etadi. O‘z o‘rnida eslatish kerak, JCH-2026 mezbonlik huquqi Kanada|AQSH|Meksika uchligiga berilgan. Edmontondagi «Hamdo‘stlik» esa Kanada tomonidan o‘yinlar uchun tanlangan 2ta stadiondan biri hisoblanadi. To‘g‘ri, JCH-2026 yoz oylarida o‘tkaziladi, shunday ekan, mundial ishtirokchilarining qor ustida yoki izg‘irin sovuqda o‘ynashlariga to‘g‘ri kelmasa kerak.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:40, 06.12.2021.
O'qildi: 4058 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.